Matbuot sharhlari 08.05.2019

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qamoqxonadagi to’da boshchisi advokati bilan  bo’lgan uchrashuvini muhokama qildi.

1197230
Matbuot  sharhlari  08.05.2019

 

Sabah: Yangi yechim jarayoni mumkin emas”

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qamoqxonadagi to’da boshchisi advokati bilan  bo’lgan uchrashuvini muhokama qildi.

“ Erdo’g’an, “yechim jarayoni deya bir narsa yo’q” ,- dedi. Prezidentlik kommunikatsiya Raisi Fahrettin Altuh bergan bayonotda,  To’da boshchi, advokatlari bilan uchrashuvi kelishuvning bir natijasidir, “ Bizning  tushuncha va uchrashuvlarimiz juda  ham ochiq” dedi. Altun, to’da boshchi bergan bayonotida, “ to’g’ridan to’g’ri amr berishi  Turkiyaning PKK bilan YPG va SDG o’rtasidagi aloqa borligi tezisini kuchaytirmoqda” deb ifodaladi.

Haber Turk: “Turkiya, Sharqiy o’rta yer dengizdagi haqlarini himoya qilishda qarorli”

Energiya vazirligi, Sharqiy o’rta yer dengizda Turkiya  davom ettirgan neft qazib chiqarish faoliyatlari bilan aloqali bayonotlar berdi. Bayonotda “ Turkiyaning o’z hududida olib borayotgan qazib chiqarish faoliyatiga tegishli mintaqa va xorijiy vakillarning bergan bayonotlarining qabul etilishi mumkin emas”,- deyildi. Bayonotda,  tadqiq va neft qazib chiqarish  Turkiyaning Sharqiy o’rta yer dengizda   uglevodorod resurslarini doir xalqaro huqqidan tug’ilgan qonuniy haqlari ekanini ma’lum qildi.

Star: “Turk harbiylarning S- 400 mudofaa tizimi ta’limi boshladi”

Rus xabar agentligi TASSda  o’rin olgan  xabarga ko’ra, diplomatik  bir manba tomonidan berilgan bayonotda, may oyining  oxirida taxminan 100 nafar Turk harbiy bitimiga ko’ra, 2019da  topshiriladigan S-400 mudofaa  tizimlaridan foydalanish uchun Rossiyada bir harbiy bazada ta’limga boshlaydi. Ta’lim taxminan 5 oy davom etadi.

Yeni Shafak:” Suvsiz qishloq xo’jalikka imkoniyat beruvchi ixtiro

Ko’niyada suvsizlik muammosiga yechim topish maqsadi bilan faoliyatga o’tgan 3  do’st,

meva va sabzavotlarda suvsiz qishloq xo'jaligiga imkon bergan “Ekobox” ni ishlab chiqardi.

Daraxt va sabzavot ko'chatlarini ildiziga hayot bo’yicha 16 litr suv berib yetishtirilishi va ildizlar tuproqdagi suv manbasiga erishish imkonini beradigan tizim; hatto cho'lda, toshloq va quruq joylarda meva va sabzavot yetishtirishga imkon beradi. Xorijdan ham katta talab mavjud.

Vatan: “ Turk futbolchi O’zan Kabakning  qiymati ko’z qamashtirdi”

Xalqaro sport tadqiqotlar markazining (CIES)ma’lum qilishicha,

Yevropaning 5 ta yirik ligasida eng yuqori transfer qiymatiga ega U20 futbolchilarining eng yaxshi 50tasining  ro'yxati e'lon qilindi. Ro'yxatda turkiyalik futbolchi ham bor edi. Galatasaraydan Germaniyaning Shtuttgartga  11 million Yevro evaziga, O’zan Kabakning ro’yxatdagi qiymati ko’z qamashtirdi. Ro’yxatdagi O’zan Kabakning qiymati 20,8 million Yevro deb e’lon qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar