Matbuot sharhlari 11.04.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1181243
Matbuot sharhlari 11.04.2019

                              

 

Star gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan Firotning sharqiga operatsiya so’zi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Xavfsizlik tashkilotining 174 yilligi hamda Ankaradagi Go’lbashi maxsus harakat boshqarmasiga tegishli yangi binoning ochilish marosimiga tashrif buyurdi.

“Chegaralarimiz bo’ylab tashkil qilinmoqchi bo’lgan terror liniyasi bilan bizni tiz cho’ktirmoqchi bo’lganlarga kerakli javobni berdik. Bunga qaramay, hamon bu yo’ldan qaytmaganlarga yaqinda qattiq chora ko’ramiz”,-dedi prezident Erdog’an.

Sabah gazetasi: “TUSAShdan Turkiyada samolyot va vertolyot ishlab chiqarish uchun ulkan zavod” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk aviatsiya va kosmos sanoati TUSASh kompaniyasi Turkiyaning eng yirik aviazavodini qurmoqda. Poytaxt Ankaraning Kahramankazan tumanida qurilayotgan zavodga 181 mln dollar byudjet ajratildi. Mazkur zavodning davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo’shishi ko’zda tutilmoqda.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya bilan Rossiya hamkorlikda vertolyot ishlab chiqarishga imo qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, “Rossiya vertolyotlari” boshqarmasi rahbari Andrey Boginskiy Turkiya harbiy verolyot ishlab chiqarish bo’yicha katta tajribaga ega ekanligini bildirib, “Bu salohiyatdan fuqaro aviatsiyasida ham keng foydalanish mumkin. Bizning ham turli xilda verolyotlarimiz bor va shu sababli har qanday taklifni ijobiy kutib olamiz. Rossiya sifatida Turkiya bilan hamkorlikda vertolyot ishlab chiqarishimiz ehtimoldan holi emas”,-dedi.

Vatan gazetasi: “CNN International”dan Istanbul aeroportiga maqtov” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Istanbul shahrida eski aeroportni yangi “Istanbul” aeroportiga ko’chirish jarayoni yakunlandi. 5-6 aprel kunlari amalga oshirilgan ko’chirish jarayonidan so’ng, Istanbul aeroporti haqida barcha tafsilotlar “CNN International” telekanalida keng o’rin oldi. “Turkiyaning eng yirik aviatsiya loyihasi parvozga shay” degan sarlavha bilan xabarni yoritadi taniqli boshlovchi Richard Quest.

Hurriyat gazetasi: “Yevropaning eng sifatli plyajlari ro’yxatiga Turkiyadan 5 ta plyaj kiritildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, “The Guardian” Yevropa bo’yicha eng sifatli plyajlar ro’yxatini e’lon qildi. Mazkur ro’yxatda Turkiyadan 5 ta plyaj o’rin oldi. Chirali, Kemer, Antaliya, Kabak, Mug’la plyajlari shular jumlasidandir.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar