Matbuot sharhlari 22.03.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1168553
Matbuot sharhlari 22.03.2019

Star gazetasi: Trumpning Go’lan tepaliklari haqidagi bayonoti yana-da ko’proq shiddat va azobga yo’l ochadi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining Isroilning xalqaro huquq qoidalariga javob bermaydigan say-harakatlarini qonuniylashtirish rejalarini mintaqada yana-da ko’proq shiddat va azobga yo’l ochishi mumkinligini qayd etdi. Chavusho’g’li ijtimoiy tamroq Twitter orqali mavzu haqida qoldirgan postida, “Mamlakatlarning hududiy yaxlitligi xalqaro huquqning eng asosiy prinsibidir. AQShning Isroilning xalqaro huquq qoidalariga to’g’ri kelmaydigan say-harakatlarini qonuniylashtirish rejalari, mintaqada faqatgina yana-da ko’proq shiddat va azobga yo’l ochadi. Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Haber Turk gazetasi: Chavusho’g’li, “Yevropa parlamenti Yevropaning mushtarak qadriyatlarini himoya qilishdan iroqdir” dedi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yevropa parlamentida avj olgan irqchilikka e’tibor qaratdi. YPda borgan sayin ortgan irqchi va radikal ko’z qarashdagi deputtalar tufayli bugungi kunda Yevropaning mushtarak qadriyatlarini himoya qilishdan iroqlashganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, “YP faqatgina Turkiya uchun emas Yevropa ittifoqi va Yevropa uchun ham xavf tashkil etmoqda. Bular (YPdagi irqchi va radikal deputatlar) biz aytmasak ham Yevropa ittifoqiga qarshidir” dedi.  

Yeni Shafak gazetasi: Turkiyada birinchi marotaba 3 ming 500 metrdan neft qazib chiqarildi. Turkiya, oxirgi yillarda jadal ravishda tarqagan va yangi ishlab chiqarish texnikasi hisoblangan qatlamni gidravlik yorish (freking) usuli bilan uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish usulidan foydalangan mamlakatlar ro’yhatiga qo’shildi. Energiya va tabiiy nambaalar vaziri Fatih Do’nmez mamlakatning Diyarbakir va Siir viloyatlarida neft qidirish faoliyatlari haqida xush xabar berdi. Do’nmezning qayd etisihicha Diyarbakirdagi “Mermer-1” sohasida yer qatlamini 3 ming 500 metr yorish usuli orqali neft kashf etilgan. Fatih Do’nmez shuningdek, bu usuldan Turkiya neftlari tarixida birinchi marotaba foydalanilayotganligiga e’tibor qaratdi. Turkiya qoyalar ichiga yashirinib olgan neftlarni bundan buyon huddi mana shu usulda qazib chiqaradi.  

Sabah gazetasi: Yarmarkada Turk seriallari ning litsenziyalangan mahsuloti namoyish etildi. Istanbul Jewelry Show, 2019-yilning 21-24 marti kunlari shu bilan 48-marotaba o’tkazilmoqda. Istanbul Jewelry Show bugun CNR Expo Istanbul yarmarka markazida o’z ishini boshladi. Yarmarkada dunyoning 24 davlatidan 1250 ta firma va marka shuningdek, dunyoning 120 dan ortiq davlatidan 30 mingdan ortiq zargarlik sanoati ustalari ishtirok etmoqda. Yarmarkada birinchi marotaba Yasin-i Sharif tasbehi tanitildi. Tasbeh 350 ming liradan sotishka chiqarildi. Yarmarkada shuningdek, tarixiy seriallarning litsenziyalangan mahsulotlaridan "Diriliş Ertuğrul", "Payitaht Abdülhamid" va "Mehmetçik Kutlu Zafer" deb nomlangan taqinchoq va aksesuarlari o’rin olmoqda.

Hurriyet gazetasi: Turkiyaning jannatmakon diyori Finike. Apelsini, tabiati va tarixi bilan dunyoga mashhur bo’lgan Finike Antaliyaning dunyoda tengi yo’q tumanlaridan biridir. Finike, Toros tog’larining etagi bilan O’rta yer dengizi o’rtasida o’rin olgan bo’lib u apelsin bog’lari, top-toza plyajlari va kichik turkuaz ko’rfazlari bilan gavjumdan uzoq, tinch makondir. Tuman, uzoq yillardan beri hech o’zgarmagan holda o’z xususiyatini saqlab kelmoqda. Yaylovlari, tabiiy, madaniy va tarixiy makonlari, shahar hayoti, plyajlari va dengizi bilan dunyoning eng ajoyib dam olish maskanlaridan biridir.

 



Aloqador xabarlar