Matbuot sharhlari 18.03.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1165610
Matbuot sharhlari 18.03.2019

Sabah gazetasi: Vitse-prezident Fuat O’ktayChristchurchda. Vitse-prezident Fuat O’ktay Yangi Zelandiyaning Christchurch shahrida Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Winston Peters bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Yangi Zelandiyadagi ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumida tan jarohati olgan Turk fuqarolarining oxirgi vaziyati va tergov haqida batafsil ma’lumot oldi. Ortidan hujumning bir kishilik emas, bir necha kishilik guruh tomonidan tashkil etilgan terror voqeasi bo’lishi mumkinligini qayd etgan holda, Turkiyaning tajribalaridan foydalangan holda Yangi Zelandiyaga har qanday yordamni berishda tayyor ekanliklarini aytdi.

Hurriyet gazetasi: Istanbul aeroporti 7-aprel kuni butunlay ishga tushadi. Hamma bosqichlari tamomlanganida dunyoning eng yirik aeroporti degan nomga ega bo’ladigan Istanbul aeroporti, 7-aprelda ishga tushishga tayyorlanmoqda. Hozirda Turk havo yo’llari jami 23 nuqtaga (ichki va tashqi) qantnov yo’lga qo’ygan vaziyatda. Butunlay ishga tushganida esa 300 dan ortiq nuqtaga safar qilinadi.  

Star gazetasi: Hatay va Afrin o’rtasida ochilgan chegara darvozasiga, “Zaytun novdasi” degan nom berildi. Turk Qurolli kuchlari Erkin Suriya armiyasiga yordam berib “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali terroristlardan qutqargan Afrin bilan Hatay o’rtasida yo’l ochish maqsadida yangi chegara darvozasi ochdi. Turkiyaning Hatay viloyatini Suriyaning Afrin va Jinderes shahriga bog’lagan mazkur chegara darvozasiga, “Zaytun novdasi” degan nom berildi.

Haber Turk gazetasi: Microsoft bilan Vodafone, turk tilida so’zlovchi ovozli yordamchi ishlab chiqardi. Turkiyada xizmat bergan 3 ta operatordan biri bo’lgan Vodafon, Microsoft bilan hamkorlikda turk tilida so’zlashuvchi va TOBi deb nomlangan ovozli yordamchi ishlab chiqardi. Texnologik infratuzilma jihatidan Microsoftdan yordam olingan ovozli yordamchi, Vodafon foydalanuvchilariga xizmat qiladi.

Yeni Shafak gazetasi: Turkiyaga kelgan kruizlar Kushadasiga langar tashlamoqda. Turkiyaga kelgan kruizlardan 58.7 foizi Kushadasiga langar tashlamoqda. Sayyohlar kemasi, Kushadasiga bu yil 195 qatnov yo’lga qo’yadi va 170 ming 773 sayoh keladi.

 



Aloqador xabarlar