Matbuot sharhlari 19.11.2018
Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Sabah gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li AQShda. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Madaniyatlar ittifoqining navbatdagi global forumida ishtirok etish uchun hozirda AQShda. Mevlut Chavusho’g’li Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari munosabatlarini 20-noyabr kuni poytaxt Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan baholamoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.
Hurriyet gazetasi: Hulusiy Akar Kanadada general Joseph Dunford bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Halifax Xalqaro xavfsizlik forumida ishtirok etish uchun Kanadaning Halifax shahrida Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Joseph Dunford bilan uchrashdi. Hulusiy Akar mazkur uchrashuvda “PKK terror tashkilotidan hech qanday farqi bo’lmagan YPG terror tashkilotining amerikalik askarlar bilan birgalikda o’tirib turishi va hamkorlik qilishining uyg’un emasligini va bu munosabatlarning tezlik bilan uzilishi kerakligini takrorladik. Bu qabul qilinmas darajadagi noto’g’ri tasvirlarning takrorlanmasli masalasidagi ogohlantirishlarimiz orqali ulardan nimalar kutganligimizni yetkazdik” dedi.
Vatan gazetasi: Energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiya va Turkiyaning iqtisodiy munosabatlari haqida bayonot berdi. Rossiyaning Energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiya va Turkiyaning iqtisodiy munosabatlari haqida muhim bayonotlar berdi. “Turk oqimi kabi loyihalar, iqtisodiy hamkorligimizning asosini tashkil etadi” degan Novak, “Bu yil Turkiyaga borgan rossiyalik sayyohlar soni bo’yicha rekord o’rnatishimiz mumkin” deya gapirdi.
Yeni Shafak gazetasi: Turk nevrologiya mutaxassisi tibbiyot uchun katta kashfiyotga qo’l urdi. Germaniyadagi Ludwig Maximilian nomidagi universitetda laboratoriya ishlari yuritgan Turk nevrologiya mutaxassisi doktor Ali Erturk, “DISCO Transparency” deb nomlagan patentlangan metod orqali sichqon vujuduni plastikdek qattiqlashtirishga muvaffaq bo’ldi. Bu orqali aqli zaiflik, insult, diabet va rak kasalliklarining mikroskop tagidagi tekshiruvi yana da batafsil o’tkazilishi aytilmoqda. Erturk o’z faoliyatlarini AQShning San Diego shahridagi Nevrologiya jamiyati yig’ilishida taqdim etdi. Ortidan mazkur texnologiya “Nature” jurnali bosh bo’lish bilan birga ko’plab ilmiy jurnalda chop etildi.
Haber Turk gazetasi: Jan O’nju tarixiy g’alabaga erishdi. Turk sportchi Jan O’nju tarixiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. Atigi 15 yoshli sportchi Moto3ning oxirgi bosqichi hisoblangan Valencia Gran Prixda cho’qqilarga ko’tarilib Moto GP kategoriyasidagi musobaqada g’alabaga erishgan eng yosh sportchi bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi. Musobaqaga to’rtinchi qatorda boshlagan O’nju keyingi bosqichlarda nazoratni qo’lga olgan holda liderlikka ko’tarildi va karyerasining birinchi Moto3 chempionligiga erishdi.