Matbuot sharhlari 01.11.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1079374
Matbuot sharhlari 01.11.2018

Hurriyet gazetasi: Prezident Erdo'g’an tarixiy loyihaning nomini ma’lum qildi. Milliy texnologiyalarni rivojlantirish infratuzilmasining ochilish marosimi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning ishtirokida bo’lib o’tdi. Prezident Erdo'g’an mazkur marosimda muhim bayonotlar berdi. Shu doirada Prezident Erdo'g’an, “qalqon degan nom bilan biz boshlatgan milliy va uzoq masofali mintaqaviy havo raketalari mudofaa tizimining yaxshilikka olib kelishini tilayman. Birinchi tizimlarning 2021-yilning oxirida topshirilishi rejalashtirilmoqda” dedi. 

Yeni Shafak gazetasi: Firotning sharqini nishonga olgan ikkinchi bombardimon natijasida 4 terrorist yo’q qilindi. Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Shanliurfa chegara liniyasidan Suriyaning Ayn al-Arab mintaqasiga qarshi otilgan gaubitsalar yordamida PYD/ PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilindi. Undan tashqari 6 terrorist tan jarohati oldi. Gaubitsalardan, chegaraning narigi betida aniqlangan terror obyektlariga qarshi va u yerdan Turkiya chegarasini nishonga olgan ig’vogar o’q uzishlarga javob tariqasida, o'z-o'zini himoya qilish doirasida o’t ochilganligi ma’lum bo’ldi. 

Sabah gazetasi: Tashqi savdo raqamlari ma’lum qilindi. Turkiyaning eksporti shu yilning sentabr oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 22.4 foizga ortib, 14 milliard 456 million AQSh dollariga yetdi. Bu davrda tashqi savdo kamomadi 77.1 foizlik kamayish bilan 1 milliard 869 million AQSh dollariga tushdi. Turkiya Statistika qo’mitasi bilan Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan shu yilning sentabr oyi va yanvar-sentabr davriga bag’ishlangan vaqtinchalik tashqi savdo statistikasi ma’lum qilindi. Eksportning importga nisbati o'tgan yilning sentabr oyida 59.1 foizni tashkil etar ekan bu yilning shu oyida 88.5 foizga ko’tarildi.

Haber Turk gazetasi: Tarixiy safar amalga oshirildi. Istanbul aeroportida birinchi tijoriy reys Turk havo yo’llarining Istanbul-Anqara qatnovi bilan boshladi. Kecha soat 11:33 da boshlagan birinchi reys 12:19 da o’z nihoyasiga yetdi. TK2124 reysli uchoq soat 12:19 da poytaxt Anqaradagi Esenbog’a nomidagi aeroportga borib qondi. “Boeing 777” rusumidagi yo’lovchi tashuvchi uchoqning birinchi qatnovini amalga oshirish uchun ko’tarilish ruxsatini mamlakatning Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan berdi. Birinchi qatnovada 349 yo’lovchi o’rin oldi. Turk havo yo’llari Bosh direktori Bilal Ekshi safar oldidan bergan bayonotida 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran butunlay Istanbul aeroportidan xizmat bera boshlashlarini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Qatar, Turkiyadan hujumchi kema olishni rejalashtirmoqda. Arab ko’rfazida radarga ushlanmaydigan darajada kichik va tez yurar kemalardan foydalangan qochqinlarning oldini olishni xohlagan Qatar, Turkiyadan hujumchi kema olish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. O’z faoliyatlarini Antaliyada davom ettirgan ARES verfi bilan aloqa o’rnatgan Qatar Ichki ishlar vazirligi bir soatda 65 dengiz mili tezligiga chiqa olgan 6 ta ARES 65 ta HARPOON maxsus topshiriqli kema olmoqchi bo’ldi.   



Aloqador xabarlar