Matbuot sharhlari 04.10.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1062080
Matbuot sharhlari 04.10.2018

Sabah gazetasi: Niderlandiya Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritish niyatida. Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Stef Blok rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelar ekan unda Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini qayd etdi. Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri bu haqida, “Turkiya jadal rivojlanish borasida ulkan salohiyatga ega. Oxirgi 10 yil mobaynida buni bizga bir necha marotaba ko’rsatdi. Niderlandiyada Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritmoqchi bo’lganlar bor. Shunday ekan bu masalada qo'shma iqtisodiy komissiyadan foydalanib, savdo tarmog’idagi hamkorligimizni mustahkamlashni xohlaymiz” dedi.  

Haber Turk gazetasi: Rivojlangan sakkiz davlat, o’zaro savdo hamkorligini rivojlantirish niyatida. Rivojlangan sakkiz davlat Bosh kotibi Ku Jaafar Ku Shaari, a’zo davlatlarning o’zaro munosabatlarini mustahkamlash niyatida ekanligini eslatgan holda, “A’zo davlatlar o’rtasidagi savdo hamkorligini ikki barobarga chiqarish niyatidamiz” dedi. Shaari, Istanbuldagi Sabiha Go’kchen nomidagi xalqaro aeroporti bilan D-8 o’rtasida shu yilning avgust o’yida yaxshi niyat shartnomasiga qo’l qo’yilganligini eslatgan holda, “Mazkur shartnoma orqali Istanbuldagi Sabiha Go’kchen nomidagi xalqaro aeroporti, birinchi tanlab olingan D-8 aeroporti bo’ldi” deya gapirdi.

Star gazetasi: Kimyo tarmog’i Turkiyada eng ko’p mahsulot eksport qilgan ikkinchi tarmoqqa aylandi. Kimyo tarmog’ining sentabr oyidagi eksporti 2017-yilning shu oyiga nisbatan 19.79 foiz ortgan holda 1 milliard 534 million AQSh dollariga yetdi. Bu orqali kimyo tarmog’i avtomobil tarmog’idan keyingi Turkiyada eng ko’p mahsulot eksport qilgan ikkinchi tarmoqqa aylandi. Sentabr oyida eng ko’p mahsulot eksport qilgan dunyo davlatlari ro’yhatida 129 million 726 ming AQSh dollari bilan Ispaniya birinchi o’rinni egallar ekan Misr 104 million 959 ming AQSh dollari bilan ikkinchi, Iroq 82 million 660 ming AQSh dollari bilan uchinchi o’ringa kiritildi. Nomi tilga olingan mamlakatlarni mazkur tarmoda Germaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Gretsiya, Saudiya Arabistoni, Italiya va Angliya kuzatdi.  

Vatan gazetasi: Balikesirning Sindirgu tumanida kaolin qazib olinmoqda. Dori, uyali telefon, televizor, shisha, go’ng, hayvon yemi, qog’oz, bo’yoq, kauchuk, yelim, seramika va murakkabda foydalanilgan, Turkiyada qariyb 421 million tonna zaxirasi borligi qayd etilgan kaolin eng ko’p Balikesirning Sindirgu tumanidagi Duvertepa havzasidan qazib chiqarilmoqda. Turkiyada ko’proq chinni va seramika ishlab chiqarishda foydalanilgan kaolin, oxirgi yillarda qishloq xo’jaligida o’simlik va hayvon mahsulotlari aralashmasi sifatida bozorlarda alohida o’rin egallay boshladi. Kaolin investitsiya tarmog’ida qo’lga olingudek bo’lsa unda uning mamlakat iqtisodiyotiga yirik hissa qo’shishi aytilmoqda.   

Yeni Shafak gazetasi: “Amerikalik sayohat kitoblari muallifi Kappadokiyani dunyoning eng yaxshi dam olish maskani deb e’lon qildi. Dunyoning eng taniqli sayohat kitoblari muallifi Sophie Miura, dunyoning eng yaxshi 5 ta dam olish maskanini e’lon qildi. Miura, “Kappadokiya albatta birinchi o’rinda” dedi. Sophie Miura, “U yer alohida o’ringa ega. Albatta (havo shari) meni uchirdi. Hech qachon oyga bunchalik yaqin bo’lmagandim” dedi. Miuraning ro’yhatida Chernogoriyaning Kotor shahri ikkinchi qatorda, Sloveniyaning Bled ko’li esa uchinchi qatorda o’rin oldi.

 



Aloqador xabarlar