Matbuot sharhlari 27.09.2018
Bugungi gazetalardan sharhlar...

Star gazetasi, “Germaniya Fathulloh Gulen harakatini terror tashkiloti deb tan olishini xohlaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 3 kun davom etadigan Berlin ziyorati oldidan nemis matbuotiga maqola yozdi.
Germaniya PKK va FETOga qarshi kurashda Turkiyani qo’llab quvvatlashidan umidvorligini tilga olgan Erdo’g’an:“Germaniya Fathulloh Gulen harakatini terror tashkiloti deb tan olishini xohlaymiz”,-dedi.
Turkiya bilan Germaniya savdo urushini oldini olish uchun hamkorlikda harakat qilishi kerakligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “AQShning mas’uliyatsiz siyosati dunyoni beparvo savdo urushiga yetaklamoqda”,-dedi.
Vatan gazetasi, “Yevropa Ittifoqidan Turkiyaga Idlib tashakkuri” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Federika Mogherini BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida tashkil qilingan “Yevropa Ittifoqi mezbonligida Suriya inqirozi” nomli anjumanda ma’ruza qildi.
U ma’ruzasida Suriyaning Idlib viloyatida sulh bitimini saqlab qolish maqsadida tuzilgan Sochi shartnomasi yordamida ehtimoliy qatliomlarning oldi olinganligini bildirib, Turkiya va Rossiyaga minnatdorlik bildirdi.
Yeni shafak gazetasi, “Turkiya xalqaro ma’dan firmasini ochadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, energetika va tabiiy manbalar vaziri o’rinbosari Mithat Jansiz xorijda ma’dan qidirish va uning faoliyatini yurgizish maqsadida yangi firma tashkil qilinishini ma’lum qildi.
Sabah gazetasi, “Kadiko’y sayohat qilish maroqli bo’lgan dunyoning eng katta dahalaridan biridir” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, ingliz sayohat va turizm jurnali Time Out dunyoda mutlaqo sayohat qilish zarur bo’lgan 50 dahaning ro’yxatini tuzdi.
Mazkur jurnal 15 ming kishi ishtirokida bir anketa tuzib, buning natijalarini ushbu ro’yxatga birlashtirdi.
Istanbulning Osiyo tomonida Marmara dengizi sohilida joylashgan Kadiko’y ham bu ro’yxatdan joy olgan.
Hurriyat gazetasi, “Dunyoning eng qadimiy ibodatgohi Turkiyada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Shanliurfa shahrida joylashgan va tarixi 12 ming yil avvalgiga borib taqalgan Go’beklitepa oxirgi yillarda dunyoning e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda.
Insoniyat tarixidagi dastlabki ibodatgoh bo’lgan Go’beklitepa bu yil UNESCOning Dunyo meros ro’yxatiga kiritildi.
U yerdagi qazilma maydonining kengligi nazarda tutilganda, hududdagi qazilmalar 150 yil davom etishi taxmin qilinmoqda.