Matbuot sharhlari 14.08.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1032399
Matbuot sharhlari 14.08.2018

Star gazetasi: Prezident Erdo'g’an Turkiya iqtisodiyotining qamalga olinish payida ekanligini qayd etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Prezidentlik qarorgohida o’tkazilgan navbatdagi elchilar konferentsiyasi ishtirokchilari hurmatiga berilgan tushlikda so’zlagan nutqida, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritish haqida qabul qilgan qaroriga to’xtaldi. Prezident Erdo'g’an mazkur qarorni “o’zboshimchalik” deb baholar ekan Turkiyaning oxirgi yillarda qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlari tufayli nishonga olinganligini ifoda etdi. Shuningdek, oxirgi vaqtlarda Turkiyaning boshqa tarmoqlarda bo’lganidek iqtisodiy tarmoqda ham qamalga olinish payida ekanligini qayd etdi.

Haber Turk gazetasi: Ibrahim Kalin, Turk iqtisodiyotining poydevorining mustahkam ekanligini qayd etdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin ijtimoiy media tarmog’i Twitter orqali Turkiyadagi oxirgi iqtisodiy vaziyat haqida gapirdi. Bu haqida quyidagi ifodalarga o’rin berdi: “G’aznachilik va moliya vazirligi, Markaziy bank, Banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish tashkiloti, Sarmoya bozori kengashi va boshqa tashkilotlarimiz kerakli faoliyatlari olib bormoqdalar. Turk iqtisodiyotining poydevori mustahkamdir. Hech kim spekulyativ ma’lumotlarga e’tibor bermasin. Turkiya bu jarayondan kuchli chiqadi”.  

Sabah gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li dunyo investorlarini Turkiyaga investitsiya kiritshga chaqirdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li navbatdagi elchilar konferentsiyasining ochilish marosimida so’zlagan nutqida, “Bugungi kunda dunyoning 74 davlatidan Turkiyaga investitsiya kiritilmoqda va ulardan deyarli yarmi Yevropa qit’asidandir. Buning sonini orttirish uchun birgalikda faoliyat olib borishni davom ettiramiz. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Turkiya bugungi kunda investitsiya uchun dunyoning eng ishonchli manzillaridan biridir” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: Berat Albayrak Germaniyaning bayonotidan xursand ekanliklarini qayd etdi. G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, “AQShning oxirgi kunlardagi Turkiyaga bo’lgan munosabatidan keyin Germaniya Iqtisodiyot vazirining bayonotidan xursand bo’ldim” dedi. Albayrak, “Yaxshi niyat va diplomatiyani himoya qilgan siyosiylar, Germaniya va Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan munosabatlarimizda Turk xalqining ishonchini oqlaydi” degan ifodalarga o’rin berdi. Germaniya hukumati, “Turk iqtisodiyotining barqarorligi bizga ham foyda” degan ifodalarga o’rin bergan edi.

Hurriyet gazetasi: Iroqlik sayyohlar eng ko’p Turkiyani tanlamoqda. Turkiya kun o’tgan sayin tarixiy va tabiiy go’zalliklari bilan iroqlik sayyohlarning e’tiborini yana-da ko’proq torta boshladi. Iroqning ayniqsa janubiy viloyatlardan Kerkuk va Arbilga kelib, turizm firmalari bilan kelishgan holda sayohatini Turkiyada davom ettirgan sayyohlar soni kun o’tgan sayin ortib bormoqda. Kerkukda faoliyat olib borgan bir turizm firmasi rahbari Hidoyat Mahdi, shu yilning iyun oyidan beri faqatgina Kerkukdan bir kunda kamida 500 sayyohning Turkiyaga kelganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar