Matbuot sharhlari 07.08.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1027287
Matbuot sharhlari 07.08.2018

Haber Turk gazetasi: Savdo markazi bo’yicha Yevropada eng tez rivojlangan davlatning Turkiya ekanligi ma’lum bo’ldi. Yevropa Savdo markazini rivojlantirish hisobotining 2018-yilning birinchi yarim yillik natijalari ma’lum qilindi. Mazkur hisobotga ko’ra 2017-yilning ikkinchi yarmida ilova qilingan kvadrat metrning kengligi bilan liderligini saqlab qolgan Turkiya, Savdo markazlari kengligini 500 ming kvadrat metrga orttirgan vaziyatda.  

Vatan gazetasi: Dunyoning eng keng quyosh elektr stantsiyasi Qoniyada qurilmoqda. Dunyoning eng keng quyosh elektr stantsiyasi Qoniyaning Karapinar tumanida qurilmoqda. Yirik stansiya bir yilda 1.7 milliard Kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 600 ming uyning ehtiyojiga javob beradi. Bu loyiha orqali 1.3 milliard dollarlik investitsiya kiritilishi kutilmoqda.

Star gazetasi: Zamonaviy ipak yo’lini Xitoy bilan Turkiya rivojlantiradi. Turkiya hukumatining 100 kunlik ishchi dasturida Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi hamkorlik e’tiborlarni o’ziga qaratdi. Birinchi faoliyatlari o’tgan yili boshlatilgan va zamonaviy ipak yo’li deb atalgan loyiha avtomobil yo’llari, temir yo’llari, portlar va energiya liniyalarini o’z ichiga qamrab olgan. Mazkur loyiha orqali Xitoy bilan Turkiya o’rtasidagi savdo tarmog’i yana-da keng ko’lamli tus oladi. Turkiya yangi investitsiyalar uchun kerakli manbaaning bir bo’lagini Xitoy bozoriga eksport qiladigan obligatsiyalar ustidan ta’minlaydi. Xitoy bilan bo’lgan hamkorlik obligatsiya eksporti bilan birga turizm va savdo tarmog’ida ham rivojlangan ravishda davom etadi. Valyuta kurslari va kredit reyting agentliklari orqali Turkiyani va turk lirasini nishonga olgan hujumlarga qarshi ham Xitoy bilan iqtisodiy va tijoriy munosabatlarda ikkala mamlakatning milliy pul birliklari bo’lgan Turk lirasi va Yuan ustidan ish olib boriladi.

Yeni Shafak gazetasi: Milliy urush uchog’i ishlab chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. F-16 larning o’rnini egallaydigan urush uchoqlarining ishlab chiqarilishiga mo’ljallangan Milliy urush uchoq loyihasining “dastlabki dizayn jarayoni” va “ishlab chiqarish ta’sisi” uchun Turk Havo va kosmik sanoati TUSAŞ kompaniyasi tomonidan qator sarmoyalar kiritiladi. Sarmoyalar “super rag’batlantirish” tartibidagi davlat yordami orqali kuchli ravishda qo’llab-quvvatlanadi. Uchoqning “konsept-dizayni” tamomlanay deb qolar ekan hukumatning 100 kunlik ishchi dasturi doirasida “dastlabki dizayn” bo’sqichiga o’tilib, loyiha jadvali boshlaydi.  

Sabah gazetasi: Paris Hilton turk nonushtasini yoqtirib qoldi. Bir tadbirda ishtirok etish uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyurgan amerikalik taniqli model, qo’shiqchi, aktrisa va yozuvchi Paris Hilton mehmonxonada xonasiga olib kelingan Turk nonushtasining video tasvirini o’zining ijtimoiy media hisobi instagram orqali namoyish qildi. Bugun ertalab mehmonxonadan ayrilgan Paris Hilton, mazkur video tasvirni intagram orqali “Turk nonushtasi vaqti” degan ifodalar bilan kuzatuvchilari e’tiboriga havola qilar ekan ayni vaqtda uni qanchalik yoqtirishini aytishni ham unutmadi. Jurnalistlar savoliga javob bergan Hilton, sayohat qilishni judayam yaxshi ko’rganligini va ShKTRda bo’lganidan xursand ekanligini qayd etdi. Boshqa tadbirlar taklif qilingudek bo’lsa yana kelishni xohlaganligini ham aytgan Hilton, jurnalistlarning, “Asal oyingizda ham mana shu yerga kelishni xohlaysizmi?” degan savoliga, “bo’lishi mumkin albatta” deb javob berdi.



Aloqador xabarlar