Matbuot Sharhlari 18.07.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1014487
Matbuot Sharhlari 18.07.2018

Sabah gazetasi: Trump, faqatgina Prezident Erdo’g’anning ishini to’g’ri qilayotganligini qayd etdi. O’tgan hafta Belgiya poytaxti Bryusselda Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump NATO tarkibidagi davlatlarning liderlaridan, mudofaa tarmog’ida yana-da ko’proq daromad sarflashga doir javobgarchilik ololmayotgan edi. Shuning uchun ham Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'andan boshqa hamma liderga g’azablandi. Ortidan Prezident Erdo’g’an tomon qarab, “Erdo’g’an, u ishlarni to’g’ri qilyapdi” dedi.   

Star gazetasi: Hurjet, Angliyada birinchi marotaba dunyoga tanitildi. Turk Aviatsiya va kosmik sanoati tomonidan dizayn qilingan “Hurjet” rusumidagi harbiy mashg’ulot uchog’i Angliyaning Farnborough Airshowdagi taqdimotida katta qiziqish uyg’otdi.     

Sabah gazetasi: Barqarorlikni ko’rgan chet ellik investorlar uy-joy ola boshladi. Turkiyani ishonchli makon deb baholagan chet ellik investorlar takror uy-joy ola boshladi. Uy-joy narxlari indeksi natijalariga ko’ra shu yilning iyun oyida, xususiy firmalarning loyihalari asosida qurilgan uy-joylarning 10 foizi chet ellik investorlarga sotilgan.  

Vatan gazetasi: Kapikuleda yo’lovchilarning ko’pligi jihatidan rekord o’rnatildi. Yevropaning turli mamlakatlarida umr surgan turklarning yillik dam olish kunlari uchun o’z yurtiga qaytishlari davom etar ekan “Kapikule” chegara darvozasida bu yil 37 ming 138 yo’lovchining o’tishi bilan rekord o’rnatildi.

Yeni Shafak gazetasi: Qonli oy tutilishini eng aniq Turkiyadan kuzatish mumkin. Turkiyada Qonli oy tutilishi 27-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:10 atrofida boshlaydi. Qonli oy tutilishi 5 soat 40 daqiqa davom etadi.   

 



Aloqador xabarlar