Matbuot sharhlari 09.07.2018
Bugungi gazetalardan sharhlar...

Vatan gazetasi, “Chavushog’lidan Yaponiyaga ta’ziya” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Yaponiyaning g’arbi va o’rta territoriyalariga o’z ta’sirini o’tkazayotgan muson yomg’irlari oqibatida ro’y bergan sel va ko’chkilarda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Yaponiyaga hamdardlik bildirdi.
Vatan gazetasi, “Turkiya Somalidagi terror hujumlarini qoraladi” sarlavhasi bilan bergan xabariga ko’ra, Turkiya Somalida Ash-Shabob terrorchilik harakati jangarilari tomonidan sodir etilgan hujumni qoraladi.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.
“Poytaxt Mogadishuda ro’y bergan terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va ba’zilarining jarohatlanganligidan qayg’udamiz”,-deyiladi bayonotda.
Hurriyat gazetasi, “Har 10 sayyohdan biri o’sha tumanga keladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Yevropa va Rossiyadan Antaliyaning Alaniya tumaniga kelgan sayyohlar soni yoz oylarida 500 mingdan oshdi. 2017 yilda Alaniyaga 3.5 mln sayyoh keldi.
Star gazetasi, “Eronliklar o’z mamlakatida dam olishdan ko’ra Turkiyada dam olishni afzal ko’radi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Eron turizmni rivojlantirish, rejalashtirish va qo’llab quvvatlash markazi yetakchisi Muhammad Sabit eronliklar o’z mamlakatida sayohat qilgandan ko’ra, sifatli va arzon ekanligi tufayli Turkiyada daam olishni afzal ko’rganligini bildirdi.
Yeni shafak gazetasi, “Bakirdan oltin medal” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Horvatiyaning poytaxti Zagrebda davom etayotgan Jahon yulduzlari kurash chempionatida turk kurashchi Muhammad Hamza Bakir finalda 110 kg vazn toifasida Ozarbayjonlik Sarkxon Mammadovni 9-0 hisobida mag’lub etib oltin medal sohibi bo’ldi va Jahon chempionligini qo’lga kiritdi.