Matbuot Sharhlari 03.07.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1004553
Matbuot Sharhlari 03.07.2018

Yeni Shafak gazetasi: THY global shartnomaga qo’l qo’ydi. Turk Havo yo’llari American Express Global Business Travel (Amex GBT) bilan global shartnomaga qo’l qo’ydi. Mazkur shartnoma orqali korporativ sayohat segmentidagi bozor ulushini oshirishni rejalashtirgan Turk Havo yo’llari, dunyodagi barcha ish safarlarida eng ko’p tanlangan havo yo’li bo’lish niyatida.

Vatan gazetasi: Mudofaa sanoati firmalari uchun bundan buyon ehtiyot qismlari Turkiyada ishlab chiqariladi. Mudofaa sanoati firmalariga import ehtiyot qismlari sotgan Özdisan Elektronik italiyaliklar bilan birgalikda Istanbulda yo’lga qo’yadigan loyiha orqali tarmoq tomonidan talab qilingan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarib, tashqariga bo’lgan qaramlilikni to’xtatadi.

Star gazetasi: Turkiya, genetikasi o’zgartirilmagan paxta sotgan dunyodagi yagona davlatdir. Paxta bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi (ICAC) Texnik axborot bo'limi boshlig'i Keshav Kranthi, Turkiyaning Aydin viloyatida, “Genetikasi jihatidan o’zgartirilmagan paxta sotgan dunyodagi yagona davlat Turkiyadir. Bu muhim xususiyatdir. Turkiya paxta bo’yicha ham samaradorligi ham da sifati jihatidan dunyoda eng yuqori o’rindadir” dedi.    

Sabah gazetasi: 2018-yil mavsumining eng yirik kemasi Kushadasiga keldi. Turizm mavsumining eng yirik kruiz kemasi Marella Discovery 2, Turkiyaning Aydin viloyatining Kushadasi tumanidagi Egey portiga yonashdi. Kema 1846 yo’lovchisi bilan Kushadasiga birinchi marotaba keldi.

Haber Turk gazetasi: Shanliurfadan Go’beklitepe xursandchiligi yangradi. Turkiyaning Shanliurfa viloyatida 12 ming yillik o’tmishi bilan tarixning boshlanish nuqtasi hisoblangan Go’beklitepe Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (UNESCO) ning dunyo madaniy merosining vaqtinchalik ro’yhatidan doimiy ro’yhatiga o’lib o’tildi. Shanliurfada huddi mana shu yangilikning xursandchiligi yangradi.  

 



Aloqador xabarlar