Matbuot sharhlari 22.05.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

976457
Matbuot sharhlari 22.05.2018

 

Sabah gazetasi, “Al-Qudsdagi huquqimizdan aslo voz kechmaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an an’anaga aylanganidek bu yil ham Ak partiya bosh markazida xorij mamlakatlarning favqulodda muhtor elchilariga iftor berdi.

Erdo’g’an iftor ziyofatida so’zga chiqib, “Al-Qudsdagi huquqimizdan aslo voz kechmaymiz. Birinchi qib’lamizni yillar mobaynida qon, ko’z yoshi va ishg’oldan to’yingan bir davlatning insofiga tashlab qo’ymaymiz”,-dedi.

Vatan gazetasi, “Jahon savdo tashkilotiga murojaat qilamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, AQSh po’lat va alyumin mahsulotlari bo’yicha Turkiyani soliqlardan ozod qilmadi.

Turkiya moliya vaziri o’rinbosari Fatih Metin Vashingtonda Kaspiy dengizi siyosati markazi tomonidan uyushtirilgan forumda ishtirok etdi.

“2018-yil Trans-Kaspiy dengizi forumi”ga qatnashgan Fatih Metin Turkiya-Amerika o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga doir izoh bildirdi.

AQSh tomonidan po’lat va alyumin importiga qo’yilgan qo’shimcha soliqlar haqida fikrini bildirgan Fatih Metin: “Agar yaqinda Turkiyaning foydasiga biron o’zgarish bo’lmasa, Jahon savdo tashkilotiga murojaat qilamiz va bunga qarshi chora ko’rishimizni aytamiz. Bu jarayonda AQShning qanday yo’l tutishini kutyabmiz”,-dedi.

Star gazetasi, “Suv omborlari va oqarsuvlardan elektr ishlab chiqarishda ortish kuzatildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning elektr ishlab chiqarish profili o’tgan hafta tarixiy jarayonga guvoh bo’ldi.

Bu hafta elektr ishlab chiqarishda tabiiy gazning hissasi barcha rekordlarni oshib o’tdi va kunlik 21 foizgacha tushdi. Jami elektr ishlab chiqarishning yarmiga yaqin bo’limi tabiiy gazdan olingan davrlar ham bo’ldi. Ko’mir importining hissasi 22 foizgacha ko’tarildi. Mutahassislar ko’mirni import qilish bilan faoliyat ko’rsatgan stansiyalarning yanada yuqori darajada ishlab chiqarishga hissa qo’shganini ma’lum qildi.

Xabar turk gazetasi, “Istanbuldan 4 oyda 32 mlndan ko’proq yo’lovchi parvoz qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Davlat havo maydonlari menejmenti boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, Otaturk va Sabiha Go’kchen aeroportlaridan joriy yilning dastlabki 4 oyida foydalangan yo’lovchi soni 2017 yilning ayni oyiga nisbatan 4 mln 845 ming 581 kishiga oshgan holda, 32 mln 218 ming 911 kishiga yetdi.

Ushbu davr mobaynida aeroportlardan 220 ming 746 reys parvoz qildi, 2017 yilning ayni davriga nisbatan havo qatnovida 15 ming 87 reys otish kuzatildi.

Yeni shafak gazetasi, “Turkiyada ro’li o’ng tomonda bo’lgan mashinalar ishlab chiqariladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada avtomobil sanoatining eng ilg’orlaridan biriga aylangan Honda kompaniyasi Turkiyada ishlab chiqarayotgan Civic Sedanning yangi motori va ro’li o’ng tomonda joylashgan variantini Buyuk Britaniya, Irlandiya va Kipr bozoriga eksport qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #xabar

Aloqador xabarlar