Matbuot Sharhlari 21.05.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

975495
Matbuot Sharhlari 21.05.2018

Vatan gazetasi: Prezident Erdog’an suiqasd tayyorgarligi haqidagi iddiolarga javob berdi.  Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan bir kunligiga Bosniya va Gertsegovinaga borar ekan u yerda Davlat kengashi rahbari Bakir Izzetbegovich bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazdi. Erdog’an va Izzetbegovich o’zaro va hay’atlararo uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Suiqasd tayyorgarligi haqidagi iddiolarga birinchi marotaba mazkur matbuot anjumanida to’xtalgan Erdog’an, “Bu haqidagi ma’lumot menga ham yetib keldi. Men shuning uchun ham bu yerdaman” dedi.

Star gazetasi: Prezident Erdog’an chet eldagi turklar haqidagi xush xabarni Bosniya va Gertsegovinada berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Sarayevoda Yevropalik turklarning Demokratik ittifoqining navbatdagi yig’ilishida nutq so’zladi. Erdog’an mazkur nutqida, “Siz umr surgan davlatning fuqaroligini mutlaqo oling. Agar bersa bosh tortmang, oling. Ikki mamlakat fuqaroligiga ruxsat bergan mamlakatlarda biz aytmasak ham hech qanday muamo yo’q. Bu borada farqli tarzda ish olib borgan mamlakatlar uchun moviy kart bosh bo’lish bilan birga, Turkiyadagi haq va huquqlaringizni qo’ldan boy bermay turgan darajada turli yo’llar izlab topdik” dedi. Erdog’an, “Xorijiy valyuta orqali harbiy xizmatni o’tash borasida narxni 6 ming eurodan 1000 euroga tushirish bilangina cheklanib qolmay, 38 yoshdan katta lekin xorijiy valyuta orqali harbiy xizmat o’tash yo’llariga murojaat qilmagan kishilarning muammosini ham yaqinda hal qilamiz” deya gapirdi.  

Sabah gazetasi: Binali Yildirim, “hafsalamiz pir bo’ldi” dedi.  Bosh vazir Binali Yildirim Gretsiyada bir haftada bir marotaba chop etilgan “To Vima” gazetasiga intervyu berdi. Binali Yildirim shu doirada 2016-yilning 15-iyuli kuni, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi tomonidan qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi yuz bergan kuni kechasi Gretsiyaga qochgan 8 nafar FETO/ PYD terror tashkiloti a’zosi masalasiga to’xtalar ekan Bosh vazir bu haqida, “Gretsiya adolati tomonidan qabul qilingan qaror bizning hafsalamizni pir qildi. Chunki yuqorida nomi tilga olingan shaxslar gunohsiz insonlarning umriga, sog’ligiga zomin bo’lgan ana shu to’ntarish tashabbusida ishtirok etdilar. Majlisni bombaladı. Xalq tomonidan saylangan prezidentni nishonga oldilar. Demokratik tarzda saylangan hukumatni to’ntara olmasligini tushunib yetishlari ortidan mazkur 8 kishi vertolyot bilan, noqonuniy yo’llar orqali qochib ketdi. Qabul qilgan qarori orqali Gretsiya adolati, xalqaro huquq qoidalariga to’g’ri kelmagan ravishda ularni jazoga tortmadi. Kamiga qurbon bo’lgan shaxslarning huquqini paymol qildi” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: Yaxta turizmi uchun protseduralar qulaylashtirildi. Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Ahmet Arslan, Turkiyaning O’rta yer dengizining eng muhim yaxta turizmi markaziga aylantirilishi maqsadida byurokratik protseduralarning deyarli yo’q qilinganligini belgilab o’tgan holda, yaxtalarning Turkiyaga kirib kelishi bilan 1 yoki 1.5 kun davom etgan tibbiy xizmatlarni 5 daqiqaga tushirganliklarini qayd etdi. Ahmet Arslan Turkiyaning yaxta turizmida O’rta yer dengizining eng gav-jum markazlaridan biriga aylanishi uchun muhim faoliyatlar olib borganliklarini ifoda etgan holda, O’rta yer dengizi aymog’ida 1 milliondan ortiq yaxta borligini ma’lum qildi.

Haber Turk gazetasi: Navbatdagi “Turklar kuni yurishi” Nyu-Yorkda o’tkazildi. Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida an’anaga aylangan “Turklar kuni yurishi” bu yil Turk Qurolli kuchlariga bag’ishlandi. Turk-Amerika jamiyati federatsiyasi tomonidan bu yil o’ttiz yettizinchi marotaba uyushtirilyotgan yurishda amerikadagi turklar bilan Nyu-Yorkdagi “Otaturk” maktabi o’quvchilari ham milliy liboslari bilan ishtirok etdi. Yurish Manhattanda, Madison va 53-ko’chaning burchagida boshladi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziga yaqin nuqtada o’z nihoyasiga yetdi.

 



Aloqador xabarlar