Matbuot sharhlari 28.03.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

939074
Matbuot sharhlari 28.03.2018

Vatan gazetasi: “Erdog’an Putin bilan telefon orqali muloqat qildi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qildi. Mazkur muloqatda Prezident Erdog’an avvalo Kemerovadagi savdo markazida 25-mart kuni yuz bergan yong’inda jon berganlar uchun Putinga ta’ziya izhor etar ekan ortidan, o’zaro munosabatlar qo’lga olindi. Muloqat yakunida o’zaro munosabatlarni har tarmoqda rivojlantirish borasida kelishib olindi.

Haber Turk gazetasi: Binali Yildirim iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarida kuzatilgan o’zgarishlarga to’xtaldi. Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasi guruh rahbarlari yig’ilishida nutq so’zladi. Yildirim mazkur nutqida iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarida kuzatilgan o’zgarishlarga to’xtaldi. Shu doirada Binali Yildirim, “Haftaning payshanba kuni 2017-yilgi o’sish nisbati ma’lum qilinadi. Iqtisodiyotning 7-7.5 lik o’sish sur’ati bir rekord hisoblanadi” dedi.

Sabah gazetasi: Trump Macronga Turkiya haqidagi fikrini yetkazdi. Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan telefon orqali muloqat qildi. AQSh Prezidenti Trumpning Fransiya Prezidenti Macron bilan bo’lib o’tgan mazkur muloqatda Suriyadagi AQSh-Turkiya hamkorligining orttiriliishi kerakligini ta’kidlaganligi ma’lum bo’ldi.  

Star gazetasi: Turkiyaning eksport tarmog’idagi muvaffaqiyatining sirlari. Turkiya qo’shni davlatlardagi salbiy voqealarga va global iqtisodiy muammoga qaramay 2017-yili 157.1 milliard dollarlik mahsulotlarni eksport qildi. Turkiya bu orqali respublika tarixining eng yuqori ikkinchi eksport raqamiga erishar ekan, bu tarmoqda dunyoning 5 qit’asidagi savdo yo’lidagi safarbarlik doirasida yarmarkalar muhim rol o’ynadi. Turk firmalari 5 qit’ada, dunyoning 56 davlatidagi 263 yarmarkada o’z mahsulotlarini namoyish etar ekan, yangi hamkorliklarning darvozalari ham ochildi.   

Haber Turk gazetasi: Turizm tarmog’ida rekord o’rnatilishi mumkin. Antaliya Savdo va sanoat palatasi rahbari Davut Chetin, yilning birinchi uch oylik davrida sayyohlar sonidagi o’zgarishda 30 foizdan ortiq o’sish kuzatilganligini eslatgan holda, “Bunday davom etgudek bo’lsa mazkur tarmoqda rekord o’rnatamiz” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar