Matbuot Sharhlari 12.03.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

927666
Matbuot Sharhlari 12.03.2018

Sabah gazetasi: Erdog’an NATOga e’tiroz bildirdi. Turkiya Respublikasi Prezidenti shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an o’z partiyasining Boluda uyushtirilgan navbatdagi viloyat kongressida nutq so’zladi. Mazkur nutqida Prezident Erdog’an, “Biz NATO tarkibidagi eng kuchli davlat hisoblanamiz. Qandaydir muammoni hal qilish bo’yicha NATO tomonidan topshiriq kelganida vaqti kelib Somali, vaqti kelib Afg’oniston, vaqti kelib Bolqon davlatlariga yetib bordik. Suriyaning vaziyati ma’lum. Xo’sh, NATO qachon kelib bizga yordam beradi. Terror tashkilotlari to’xtamay bizni ig’vo qilmoqda” dedi.

Haber Turk gazetasi: “Turkiya jami 14.5 milliard dollarlik yordam berdi”. Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyaning Yaqin Sharq bosh bo’lish bilan birga Afrikaning yordamga muhtoj turli davlatlariga 2016-yili qariyb 6.5 milliard, 2017-yili esa 8 milliard jami 14.5 milliard dollarlik yordam berganligini; 2011-yildan 2017-yilgacha kam ta’minlangan davlatlarga 1.8 milliard dollardan ortiq yordam berganligini ma’lum qildi. Bu haqida yozma ravishda ma’lumot bergan Bosh vazir Binali Yildirim dunyodagi yordamga muhtoj barcha davlatlarga yordam qo’lini uzatgan, mazlumlar uchun hormay-to’lmay mexnat qilishdan charchamagan Turkiyaning mazlumlar uchun umid darvozasi bo’lishni davom ettirganligini belgilab o’tdi.   

Star Turk gazetasi: “AQSh, S-400 masalasi ustidan bizni popisa qilgudek bo’lsa unda biz ham kerakli javobni beramiz”. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Germaniyaga bo’lgan tashrifi chog’ida mamlakatning nufuzli nashrlaridan biri “Zeit Online”ga intervyu berdi. Mazkur intervyuda Amerika Qo’shma Shtatlari kongressida, Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlarini xarid qilib olish rejalari kabi sabablar yuzasidan sanksiya kiritishi masalalari eslatilar ekan bunga qarshi Janob Chavusho’g’li, “Turkiyani, mamlakatga sanksiya kiritish yo’li orqali jazoga tortmoqchi bo’lsa unda biz AQShga Rossiya yoki dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda boshqacharoq e’tiroz bildiramiz, boshqacharoq javob beramiz. Bizni popisa qilmasin” dedi.

Vatan gazetasi: Amerikalik liderlar Turkiyaga maqtov yog’dirdi. Turkiyaning Los Angeles Bosh konsulligi tomonidan uyushtirilgan yig’inda ishtirok etgan Amerika Qo’shma Shtatlarining eng nufuzli musulmonlar huquqini himoya qiluvchi nodavlat, notijorat tashkiloti hisoblangan Amerika-Islomiy aloqalar kengashining amerikalik musulmon liderlari, 3.5 million suriyalik muhojirga quchoq ochgani, Falastin masalasidagi qo’llab-quvvatlashlariyu Quddus masalasidagi muomalasi va yana shunga o’xshash bir necha tarmoqda Turkiyaga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Liderlar shu doirada bir ovozdan , “Turkiyaning yonidamiz” dedi.  

Vatan gazetasi: Xitoyning yirik firmalari Turk bozorlarida, Turk yoshlarini nishonga olgan vaziyatda. Xitoyning eng yirik telefon markalaridan biri hisoblangan “Honor” Turkiya bozorlariga kirib kelmoqchi. Mazkur markaning Turkiya raisi Kevin Wang, Turkiyada turk yoshlarini nishonga olganliklarini belgilab o’tgan holda, joriy yilning aprel oyida 5 ta yangi mahsulot bilan birga Turkiya bozorlariga kirmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar