Matbuot Sharhlari 27.02.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

919187
Matbuot Sharhlari 27.02.2018

Sabah gazetasi: Prezident Erdog’an: “Kvota tizimi savdo munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Jazoirga bo’lgan amaliy tashrifidan oldin mazkur mamlakatda chop etilgan “Ash-Shuruk” deb nomlangan gazetaga kun tartibidagi masalalar haqida bayonot berdi. Ushbu bayonotda import qilingan mahsulotlar uchun kvota tizimi orqali talab qilingan litsenziyalarining tijoriy munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatganligini eslatib o’tgan Prezident Erdog’an, ikki mamlakatning tijoriy va investitsiya salohiyatidan imkon qadar, a’lo darajada foydalanish yordamida, bir necha jihati bilan iqtisodiy munosabatlarning kelajakda yana-da rivojlanajagini ifoda etdi.

Vatan gazetasi: Prezident Erdog’an Makron bilan telefon orqali muloqat qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron telefon orqali Suriyadagi oxirgi vaziyat va o’zaro munosabatlarni qo’lga oldi.  Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti haqida ma’lumot almashgan Prezident Erdog’an, Afrinning terror tashkilotidan qutqarilishi ortidan muhojirlarning ham Suriyaga, o’z yurtlariga qaytajagini qayd etdi.  

Star gazetasi: Hulusiy Akar: “Terroristlar va ularni qo’llab-quvvatlagan tashqi kuchlar mag’lub bo’ladi” dedi. General Hulusiy Akar, terroristlar bilan ularni qo’llab-quvvatlagan tashqi kuchlarning mag’lub bo’lishini qayd etdi. Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, hamrohligidagi Quriqlik kuchlari qo’mondonlari bilan birgalikda Turkiyaning Hatay viloyatidagi turli politsiya uchastkalari va birliklarda tekshiruv ishlari olib bordi. Shu doirada, “Afrindagi, qayerdan kelishidan qat’iy nazar mintaqaga tashqaridan kirgan butun terrorist va ularni qo’llab-quvvatlagan tashqi kuchlar mutlaqo mag’lub bo’ladi” dedi.   

Haber Turk gazetasi: Corbyn, Britaniyaning YI dan keyingi davri haqida gapirar ekan Turkiya o’rnagiga to’xtaldi. Britaniyaning Ishchi partiyasi lideri Jeremy Corbyn yurtining Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi ortidan Bojxona ittifoqi tarkibidan chiqmasligi kerakligini belgilab o’tdi. Corbyn, YI bilan Turkiya yoki Norvegiya kabi munosabat o’rnatishlari mumkinligini qayd etdi.

Yeni Shafak gazetasi: Yana 6 ta stadionning qurilishi rejalashtirilmoqda. Yoshlar va sport ishlari vazirligi bilan Ommaviy uy-joylar idorasi yetakchiligi imkonlari asosida Turkiyaning Anqara, Elazig’, Erzinjan, Hakkari, Shirnak va Edirne viloyatlarida quriladigan stadionlar futbol shaydolari xizmatiga topshiriladi.

 

 



Aloqador xabarlar