Matbuot Sharhlari 09.01.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim xabarlarning qisqacha to'plami.

884692
Matbuot Sharhlari 09.01.2018

Vatan gazetasi. “Kanal Istanbul loyihasi tayyor”. Turkiyaning 2023-yilga qadar tamomlanishi rejalashtirilgan Rivojlanish maqsadlari loyihalaridan biri va Qora dengizni O’rta yer dengiziga bog’lagan Kanal Istanbul loyihasi uchun yo’nalish va yangi turar joy hududi rejalari tamomlandi. Bunga ko’ra Kanal Istanbul 45.2 kilometrni tashkil etadi. Istanbul bo’g’ozidan tijoriy kemalar 1936-yili qo’l qo’yilgan Montryo shartnomasiga ko’ra o’tadi. Shartnomaga qo’l qo’yilgan vaqtlarda Bo’g’ozdan 1 yilda 3 mingta kema o’tar edi. Lekin bu raqam bugungi kunda 50 mingtaga yetdi. 2030-yili 65 mingtaga, 2050-yili esa 100 mingtaga yetishi tahmin qilinmoqda. Holbuki Suvaysh kanalidan 1 yilda 17 mingta kema o’tmoqda. Shahar liniyalari va baliqchilar kemasi bo’lib Istanbul bo’g’ozidan 1 kunda 2 500 kema o’tadi.  

Sabah gazetasi: “Turkiyaning sanoat ishlab chiqarish tarmog’ida oxirgi 10 yil mobaynidagi eng tezkor ortish kuzatildi”. O’tgan yilning uchinchi choragida 11.1 foizlik ortish bilan dunyoning eng yuqori o’sishi kuzatilgan davlati hisoblangan Turkiyaning muvaffaqiyati bu yil ham davom etdi. Turkiya Statistika qo’mitasi tomonidan kecha e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra sanoat ishlab chiqarish tarmog’i 2017-yilning noyabr oyida, 2016-yilning huddi shu oyiga nisbatan 7 foizga ortdi. Bu orqali oxirgi 10 yilning eng yuqori o’rtishiga erishildi.    

Star gazetasi: “Chet elliklarning EMITT 2018ga bo’lgan qiziqishi katta”. Turkiyaning eng yirik turizm firmalaridan biri hisoblangan EMITT 2018ga chet elliklarning qiziqishi katta. Joriy yilning 25-yanvaridan boshlab 28-yanvarigacha Istanbulda bo’lib o’tadigan yarmarkaga dunyoning 106 davlatidan 900 dan ortiq kishi ishtirok etadi. Yarmarka jami 50 mingdan ortiq kishini mehmon qiladi. Ishtirokchilar sonida esa o’tgan yilga nisbatan 30 foizlik ortish kuzatildi.  

Yeni Shafak gazetasi: “Antik DNK muammossini turklar hal qiladi”. Yevropa tadqiqot kengashi Neolitik davrda Anadoluda yashagan 1500 kishiga oid birinchi DNK analizlari uchun Anqaradagi Yaqin Sharq Texnik universitetiga 2.5 million yevro byudjet ajratdi. Analiz qilinadigan namunalar bugungacha Turkiyada olib borilgan eng keng doiradagi faoliyat hisoblanadi. Ushbu faoliyat orqali genetik qarindoshlik va jamiyatning gen oqimi aniqlanadi.

Haber Turk gazetasi: “Qadimiy hovuz o’rin olgan Ierapol antik shahri UNESCO ro’yhatiga kiritilgan”. UNESCOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Turkiyaning Pamukkale, Ierapol antik shahridan minglab yildan beri termik davolash markazi sifatida foydalanilmoqda. O’tmishi 2800 yil oldinga borib taqalgan Ierapol antik shahridagi hovuz ichidagi ustun va marmar parchalari barchaning tarixga sayohat qilishiga yo’l ochmoqda. Antik hovuzning suvi yurak-qon tomir kasalliklari, revmatizm, teri, falaj va asab kasalliklarining davolanishiga yordam bermoqda. Ichilganida esa oshqozon va ichak kasalliklarining davo topishini qo’llab-quvvatlamoqda. Hazrati Maryamning ham ko’zlariga shifo bo’lganligi rivoyat qilingan termal suv uchun Misr Qirolichasi Kleopatraning Ierapolga kelganligi rivoyat qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar