Matbuot sharhlari 24.11.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

854388
Matbuot sharhlari 24.11.2017

 Haber turk gazetasi: “Afrin uchun ham Idlib usulidan foydalaniladi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Rossiyaning Sochi shahridan qaytar chog’ida, bo’lib o’tgan sammit haqida bayonot berdi. Erdog’an bu borada: “Rossiya Federatsiyasi, Eron va Turkiya bo’lib Astana jarayonining oxirgi vaziyatini baholash maqsadida Sochida sammit yig’ilishi o’tkazdik. Xavfsiz hududlar tashkil etildi, tashkil etilmoqda. Idlibda olgan javobgarchiligimizni bajarishga harakat qilyapmiz. U yerda tashkil etmoqchi bo’lgan 12 ta nazorat va kuzatuv nuqtasining 3 tasini tamomladik. Suriyaning hududiy yaxlitligi va siyosiy ittifoqi masalasida kelishib olganmiz. Eng asosiy maqsadimiz Suriya xalqi talabiga muvofiq doimiy siyosiy yechim yo’lidir. Suriya Milliy muloqat kongressi masalasini batafsil ravishda qo’lga oldik. Kongressga kimlarning taklif qilinishiga birgalikda qaror beramiz. Kongressga Suriyadagi barcha guruhlarni, barcha siniflarni taklif qilish niyatidamiz. PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD haqidagi ko’z qarashimiz aniq” dedi.    

Yeni Shafak gazetasi: “Mahalliy va milliy tizimlar Turk Qurolli kuchlarining kuchiga kuch qo’shmoqda”. Mahalliy va milliy tizimlar terror tashkilotiga qarshi o’z kurashini uzluksiz davom ettirgan Turk qurolli kuchlarining kuchiga kuch qo’shmoqda. Milliy jangovar uchoqlar loyihasi orqali Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligining 2030-yillardan keyingi jangovar uchoqlarga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Ushbu loyiha doirasida birinchi parvozlar 2023-yili amalga oshadi. Mamlakat imkonlari bilan ishlab chiqarilgan va seriyaviy ishlab chiqarish faoliyatlari boshlagan 3 ming 435 dona MPT-76 rusumidagi qurol esa topshirildi. Joriy yilning oxirigacha yana 7 ming qurolning topshirilishi rejalashtirilmoqda.  

Hurriyet gazetasi: “Kelasi yili dunyoning eng yirik festivali uyushtirilmoqchi”. Texnologiya va avtomobil tarmog’idagi 3 ta firma ajoyib hamkorlik uchun kelishib oldi. Shu doirada Frankfurt avtomobil yarmarkasini ham uyushtirgan 777 yillik o’tmishi bilan dunyoning eng qadimiy rasmiy yarmarka tashkilotchisi hisoblangan Germaniyaning Messe Frankfurt va Britaniyaning Goodwood festival markazi Turkiyaning eng yirik filot ijara qiluvchi firmasi hisoblangan Intercity kompaniyasi bilan hamkorlik loyihasiga imzo chekdi. Ushbu yirik firmalar hamkorlik ichida kelasi yilning sentabr oyida “Festival of Motoring” deb nomlangan Intercity Istannul parkda dunyoning eng yirik avtomobil va mototsikl yarmarkasi va festivalini uyushtiradi.

Sabah gazetasi: “Bug’doy filmining premyerasi bo’lib o’tdi”. Semih Kaplano’g’lining rejissyorligida tasvirga olingan va odam bolasining kutilmagan iqlim o’zgarishi natijasida boshlagan yo’qchilikga qarshi kurashi masalasini qo’lga olgan “Bug’doy” filmining premyerasi Prezidentlik qarorgohida bo’lib o’tdi. Premyeraga Bosh vazir Binali Yildirim bilan birgalikda ishtirok etgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tadbirda so’zlagan nutqida “Atrof muhitga ziyon yetkazgan har qanday texnologiya, og’zi odam bolasiga qaratilgan quroldir” dedi.

Vatan gazetasi: “Futbol bo’yicha 2024-yili bo’lib o’tadigan Yevropa chempionati Turkiyada o’tkazilishi mumkin”. FIFA Futbol sammiti Istanbulda bo’lib o’tdi. Sammit ortidan FIFA raisi Gianni Infantino Turkiyaning futbol bo’yicha 2024-yili bo’lib o’tadigan Yevropa chempionati nomzodligi uchun “Mezbonlik qilish borasida qaror qabul qilishlik mening vazifam emas lekin Turkiya EURO 2024 nomzodligi uchun oltin yoki kumush medalni qo’lga kiritadi. Turkiya yo birinchi yo ikkinchi o’rinni oladi. Infratuzilma va yangi stadionlar ajoyib. Turkiya futbol diyori. Turkiyaning EURO 2024 ga nomzod bo’lishi muhimdir. Turkiya ajoyib mezbon bo’lishi mumkin” deya gapirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar