Matbuot Sharhlari 16.10.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

828136
Matbuot Sharhlari 16.10.2017

Star gazetasi: “Nima bo’lishidan qat’iy nazar Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishdan voz kechmadik”. Bosh vazir o’rinbosari Bekir Bozdag’ Turkiyaning Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lish uchun kurash olib borgan bir davlat ekanligini qayd etdi. Bozdag’ bu haqida, “1960-yildan beri YI darvozasida, unga a’zo bo’lish uchun kutgan Turkiyadan boshqa bir davlat yo’qdir. YIga a’zo bo’lish yo’lida to’xtamay yangi qoidalarga duch kelgan boshqa davlat ham” dedi. Bunga qaramay Turkiyaning, YI jarayonidan voz kechmaganligini eslatib o’tgan Bozdag’, “Turkiya Yevropa ittifoqi kuchiga kuch qo’shadi va YI tarkibiga kirganida ham u yerdan kuch oladigan bir davlatdir. Bu jarayon har ikki tomonni ham g’alabaga erishtiradigan ajoyib jarayondir. Biz bu jarayonni nima bo’lishidan qat’iy nazar davom ettirishda qarorlimiz. Jarayondan Turkiya sifatida ortga tisarilish niyatimiz yo’q” dedi.  

Hurriyet gazetasi: “Somaliga harbiy tez yordam uchog’i yuboryapmiz”. Poytaxt Mogadishudagi hujum ortidan 231 kishi jon berar ekan ko’pchilik vayrona ostida qoldi. Prezidentlik apparati matbuot voizi Ibrahim Kalin ijtimoiy tarmoq twitter orqali bergan bayonotida eng avvalo, Mogadishudagi terror hujumini keskin qoralab ortidan jon berganlarga Olloxdan raxmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi. Kalin, Prezident Erdog’anning buyrug’i bilan tibbiy uskunlar yuborish va tan jarohati olganlarni Turkiyaga olib kelish maqsadida Somaliga harbiy tez yordam uchog’i yuborilganligini ma’lum qildi.   

Vatan gazetasi: “Turkiya zaytun yog’i ishlab chiqarishda bu yil rekordi o’rnatdi”. Edremit qishloq xo'jaligi palatasi majlis raisi Jihat Chetin, “Zaytun yog’i ishlab chiqarish bo’yicha Turkiya bu yil rekord o’rnatdi. Bu o’rinda dunyo miqyosida ikkinchi o’ringa kiritildi” dedi. Chetin, Turkiyaning bu yil 300 ming tonna zaytun yog’i mahsuloti olishini, “kelasi yillarda yana-da ortishiga” dalolatdir deya baholadi.

Sabah gazetasi: “Turk seriallari bugun Kann shahrida namoyish etilmoqda”. Madaniyat va turizm vazirligining qo’llab-quvvatlashi bilan Turk seriallari Fransiyada bo’lib o’tadigan eng nufuzli yarmarkalardan biri hisoblangan “MIPCOM 2017”da namoyish etiladi. Fransiyaning Kann shahrida uyushtirilgan navbatdagi “MIPCOM 2017 Serial, film, kontent, televideniye va ishlab chiqarish ko’rgazmasi”da 4 ming 700 dan ortiq firma bilan 15 ming tarmoq vakili ishtirok etmoqda. Bosh rolini Kenan Imirzalio’g’li ijro etadigan “Fatih”, “Eshkiya dunyaya hukmdar olmaz” va Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT ekranlarida namoyish etilgan “Dirilish Ertugrul”, “Payitaht: Abdulhamid” seriallari yarmarka davomida tarmoq mutaxassislariga namoyish etiladi. Turkiya serial tarmog’ida Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyingi ikkinchi o’rinda.     

Yeni Shafak gazetasi: “Meni o’z qizlaridek parvarish qildilar”. Koreya urushini qo’lga olgan “Ayla” filmning suratga olinishiga sabab bo’lgan va Turk askarlari tomonidan topilib, “Ayla” degan ism qo’yilgan koreyalik Eunja Kim Istanbulga tashrif buyurdi. Boshdan kechirgan xodisalari asosida film suratga olinishi haqida eshitganida xursandchilikdan ko’z yoshiga ko’milganligini qayd etgan Kim, “O’shanda menga judayam yaxshi qaradilar. Bu yurt mening ikkinchi vatanim” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar