Matbuot Sharhlari 25.07.2017
Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

Star gazetasi: “Islom olamining har doim birlik va birdamlik ichida bo’lishi shart”. Prezident Erdog’an Saudiya Arabistoni, Quvayt va Qatarni o’z ichiga olgan Ko’rfaz mamlakatlariga bo’lgan safari ortidan muhim bayonot berdi. Erdog’an, “Barqarorlik va o’zaro ishonch muhitini qayta tiklash uchun yangi shaxdam qadamlar tashladik. Qulaganni takror insho etish murakkabdir albatta. Shunga qaramay safarimiz muvaffaqiyatli o’tdi. Islom olamining har doim birlik va birdamlik ichida bo’lishi shart. Bo’linishlarga va o’zaro tahdidlarga imkon bermasligimiz darkor. Nimalar kutayotganligimizni ochiq-oydin bayon etdik” deya gapirdi.
Haberturk gazetasi: “Al-Aqsa masjidi biz uchun muqaddasdir”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Ko’rfaz mamlakatlari safaridan Turkiyaga qaytdi. Erdog’an Isroilning, al-Aqsa masjidiga kiritgan tartib-qoidasiga bo’lgan norozicihiligini davom ettirgan holda, “Ibodat uchun kelgan musulmonlarni terroristlar bilan bir tutishlik katta hatodir. Isroil qonunga amal qilmaslik bilan faqatgina o’ziga emas, barcha mintaqaga ham ziyon yetkazmoqda. Al-Aqsa masjidi barcha musulmonlar uchun qadrli va muqaddasdir. Qadriyatlarimizning oyoq-osti qilinishiga jimgina qarab o’tirmaymiz” dedi.
Sabah gazetasi: “Yangi kabina a’zolariga yangi vazifalar berildi”. Yangi Vazirlar kengashi Chankaya ko’shkida Bosh vazir Binali Yildirim rahbarligida birinchi marotaba yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda Bosh vazir o’rinbosarlarining yangi vazifalari ma’lum bo’lar ekan unga ko’ra Bekir Bozdag’ Hukumat voizi etib tayin qilindi. Bozdag’, yig’ilish yakunida bayonot berar ekan unda Isroilning al-Aqsa masjidiga bo’lgan tartib-qoidalarini tanqid qildi. Al-Aqsa masjidining muqaddasligi va tarixiy statusiga hurmat ko’rsatish va uni himoya qilish Isroilning vazifasi ekanligini belgilab o’tgan Bozdag’, “Isroilning o’z vazifasini bajarishini xohlaymiz. Ibodat qilmoqchi bo’lgan musulmonlarga monelik qilinishini istamaymiz” dedi.
Yeni Shafak gazetasi: “Shamol energetikasiga bo’lgan qiziqishda ortish kuzatildi”. Turkiya quyosh paneli ortidan shamol turbinasi borasida ham ajoyib loyihalarni amalga oshirmoqchi. Energiya va tabiiy manbaalar vazirligi tomonidan 1000 megavattlik shamol ta’sisi uchun e’lon qilingan tenderga dunyoning eng yirik firmalari payshanba kuni o’z takliflarini bayon etadi.
Vatan gazetasi: “Xavfsizlikni ta’minlash uchun keng ko'lamli chora-tadbir ko’rilmoqda”. Amerika Qo’shma Shtatlariga bo’lgan safarlarda elektronik jihoz man etilar ekan kerakli, vujudni tekshiruvchi jihozlar Istanbuldagi “Ataturk” aeroportiga olib kelina boshladi. Ushbu jihoz orqali yo’lovchi ustidagi barcha moddalarni alohida-alohida tekshirish mumkin. Vujudni tekshirish jihozi Anqara va Izmir aeroportlariga 4 donadan ajratildi.