Matbuot Sharhlari 09.02.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

669165
Matbuot Sharhlari 09.02.2017

Star gazetasi: “Bosh vazir Binali Yildirim, Amerika Qo’shma Shtati vitse-prezidenti bilan uchrashadi”. Turkiya-AQSh o’rtasidagi muloqat jarayoni tezlashib ketdi. AQSh, Turkiya bilan o’zaro munosabatlarni rivojlantirish va mintaqaviy mavzularda yana-da yaqin hamkorlik qilish payida. Tunov kuni Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump o’rtasida bo’lib o’tgan muloqat ortidan bu gal Bosh vazir Binali Yildirim AQSh vitse-prezidenti Michael Pence bilan telefon orqali muloqat qiladi. Ular orasida bugun oqshom vaqtlarida bo’lib o’tadigan uchrashuvda, o’zaro munosabatlar va mintaqaviy muammolarning qo’lga olinishi kutilmoqda.    

Haberturk gazetasi: “Jahon banki TANAP loyihasi uchun 400 million AQSh dollari ajratdi”. Ozarbayjon tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berishni ko’zda tutgan quvir liniyasi loyihasi TANAP uchun, Jahon banki bilan 400 million dollarlik kredit uchun shartnomaga qo’l qo’yildi. Qo’l qo’yish marosimida gapirgan Turkiya Respublikasi Energiya va Tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak, kelasi yili TANAPning ochilish marosimini o’tkazmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi. Elektr energiya sohasida faqatgina Jahon Banki bilan emas ayni paytda xalqaro banklar bilan olib borgan 3 milliard dollarlik moliya paketini ham bu yil ichida tamomlashni rejalashtirayotganliklarini ta’kidlagan Berat Albayrak, juma kuni Tuz ko’li saqlash ta’sisining birinchi gaz bosish faoliyatini Prezident Erdog'anning ishtirokida, tantanali ravishda amalga oshirmoqchi ekanliklarini aytdi.

Sabah gazetasi: “Turkiya Yevropa ittifoqining hamkori”. Yevropa parlamentining ba’zi vakillari Yevropa ittifoqining Anqara bilan bo’lgan munosabatini qayta tiklashi va yaqin hamkorlik qilishi shartligini va buning ko’proq Yevropa ittifoqiga foyda berajagini aytdi. Yevropa parlamentining Chexiya deputati Tomas Zdechovskiy, Yevropa ittifoqining, YI-Turkiya muloqatining salbiy shakllanishiga yo’l qo’ymasligi kerakligini aytdi. Yevropa Parlamentining Sloven deputati Franc Bogovic ham ittifoqning Turkiya bilan kelishib olgan muhojirlar haqidagi shartnomaning qanchalik muhim ekanligini tushunib yetib, yuz berishi mumkin bo’lgan falokatdan qochishi darkorligini belgilab o’tdi. Yevropa Parlamentining turk millatiga mansub bolgariyalik deputati Ilhan Kuchuk esa YI-Turkiya munosabatlarining kelajagi uchun yangi muloqat boshlatlishi kerakligini, buning uchun vaqtning ham yetib kelganligini ifodaladi.        

Vatan gazetasi: “Turk qurolli kuchlari al-Bobga kirdi”. Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turkiya rahbarligida boshlatilgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida Turk qurolli kuchlari Suriyaning al-Bob shahrining markaziga kirib bordi. Al-Bob shahrining atrofidagi eng nozik tepaliklarni ham qo’lga kiritgan TQK, al-Bobda DEASh terror tashkilotiga oxirgi darbani berish arafasida. O’tgan yilning dekabr oyining o’rtalarida boshlagan al-Bob amaliyoti jarayonida, TQK duch kelgan eng katta qiyinchilik, DEASh terror tashkilotining tinch aholini jonli qalqon sifatida foydalanishidir. Urushdan oldin rasmiy ma’lumotlarga ko’ra “64 ming aholisi bor” deb qayd etilgan al-Bobda haligacha 10 minglab aholi istiqomat qilmoqda. Mintaqadan olingan ma’lumotlarga ko’ra terroristlar o’z qarorgohlarini tinch aholi yashagan mahallaning ichiga qurgan. Suning uchun TQK tuman markaziga tez kirib borish o’rniga, al-Bobning atrofini o’rab olish yo’lini tanlagan edi.        

Yeni Shafak gazetasi: “Endilikda navbat Rakkada”. Suriyaning al-Bob shahrida DEASh terror tashkilotini strategik jihatdan yo’q qilgan Turk qurolli kuchlarining navbatdagi nishoni Rakkani qaytarib olishdir. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Rakka amaliyotining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD bosh bo’lish bilan birga terror tashkilotlari bilan emas to’g’ridan-to’g’ri shaxslar ustidan amalga oshirilishi kerakligini aytdi. Amerika Qo’shma Shtatlari bosh bo’lish bilan birga PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlagan dunyoning boshqa mamlakatlarini ham ogohlantirgan Chavusho'g'li, “Ularga ishonmasligimiz kerak. Aks holda Suriyaning kelajagi uchun katta hatoga yo’l qo’yib qo’ygan bo’lamiz” dedi. Chavusho'g'li, AQShning Obama boshqaruvi davrida terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganligini va u hatolarini yangi boshqaruvning takrorlamasligi kerakligini ifodaladi. Bu masalaning, bugun Turkiyaga tashrif buyurgan Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi raisi bilan yangidan qo’lga olinishi kutilmoqda.  

 



Aloqador xabarlar