Matbuot Sharhlari 03.02.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

664585
Matbuot Sharhlari 03.02.2017

Hurriyet gazetasi: “Ana shu ikki og’iz so’z hammasini barbod qildi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha Anqarada uchrashuv o’tkazgan Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan birgalikda matbuot anjumani uyushtirar ekan anjuman chog’ida Angela Merkel tomonidan tilga olingan “Islomist terror” tushunchasiga norozichilik bildirdi. “Bu ifoda biz musulmon aholisini ranjida qilmoqda. Islom dini to’g’risida bunday ifodani tilga olish noto’g’ri. Islom bilan terror birgalikda ishlatilmaydi. Chunki islom degani tinchlik degan manoni anglatadi” dedi.

Haber Turk gazetasi: Binali Yildirim Donald Trump, Angela Merkel va Aleksis Tsiprasga “To’ntarishchilarni Turkiyaga ekstraditsiya qilib, PYD terror tashkiloti bilan hamkorlik qilishni bas qiling” dedi. Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim ommaviy axborot vositasi vakillari bilan o’tkazgan uchrashuvida kun tartibi haqidagi dolzarb masalalar to’g’risida muhim bayonotlar berdi. Bosh vazir Binali Yildirim Gretsiyaga qochgan 8 nafar to’ntarishchi askarning Turkiyaga ekstraditsiya qilinmasligi haqidagi qaroriga ham to’xtalar ekan u bu borada Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsiprasga maktub yo’llaganligi aytdi. Ma’lum qilinishicha Binali Yildirim ushbu maktubida ushbu qarorning yana bir bor huquqiy doirada qarab chiqilishini va ularning so’zsiz turda Turkiyaga ekstraditsiya qilinishini kutayotganliklarini ifodalagan. Shuningdek Bosh vazir Germaniya kantsleri Angela Merkelga, “Terroristlarga xushomad qilaman deb Germaniyadagi 3.5 million turk millatiga mansub saylovchilarni unutib qo’ymang” dedi. Bosh vazir AQShning yangi Prezidenti Donald Trumpdan 2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan to’ntarishchilarning to’daboshchisi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinsihini, PYD terror tashkiloti bilan hamkorlik qilishdan voz kechishini va Turkiyadagi AQSh borasidagi tushunchaning qayta ijobiy tomonga tiklanishi uchun yangi faoliyatlar olib borishi kerakligini talab qildi.    

Sabah gazetasi: “Chet ellik investorlar Turkiyada faoliyat yuritishdan g’oyad xursand”. Hukumat tomonidan yo’lga qo’yilgan va Turkiyaning 23 viloyatida o’z ishini boshlagan Joziba Markazlari dasturi ishbilarmonlar tomonidan xursandchilik bilan qarshi olindi. Turkiyaning roppa-rosa 23 viloyatida 7 kunning o’zida 195 nafar chet ellik investor tomonidan 1 200 ta investitsiya qilish taklifi kelib tushdi. Chet ellik investorlar o’rasida Eron firmalarini ko’proq deyish mumkin. Eronliklardan tashqari Germaniya va fransiyalik firmalar ham ko’p.    

Vatan gazetasi: “Qo’shningizni ham olib keling”. Prezidentlik saroyida turizm sohasi vakillari bilan uchrashgan Davlat rahbari Erdog’an chet elda istiqomat qilgan 5 million turk fuqarosini, qo’shnisini olib kamida 1 haftaligiga dam olish uchun Turkiyaga kelishga chaqirdi. “To’ylar vatanda bo’lib o’tadi” degan Erdog’an, g’urbatchilar tomonidan bir yilda qariyb 50 mingta o’tkazilgan to’yning Turkiyada o’tkazilishini talab qildi. Roppa-rosa 50 ming firmaning Turkiya va chet eldagi xorijlik xodimlarini ham dam olish kunlarini Turkiyada o’tkazishga chaqirgan Erdog’an, eng avvalo sayyohlar sonini 8 millionga orttirishni ko’zlaganliklarini ma’lum qildi.   

Yeni Shafak gazetasi: “Turizm sohasi Turkiyaning nefti zaxirasi hisoblanadi”. Butunjahon turizm forumi raisi Bulut Bag’ji, 2018-yili Turkiya turizmining yana-da rivojlanajagini qayd etib, “Arab ko’rfazida neft, Rossiyada esa tabiiy gaz qanchalik muhim bo’lsa turizm sohasi ham Turkiyada ana shunchalik muhimdir” dedi. Joriy yilning 16-18-fevrali kuni Istanbulda bo’lib o’tadigan Butunjahon turizm forumini ham baholagan Bag’ji bu forumni, dunyo turizmining Davosiga tenglashtirdi.



Aloqador xabarlar