Matbuot Sharhlari 16.12.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

632156
Matbuot Sharhlari 16.12.2016

Sabah gazetasi: “Turkiyaning evakuatsiya amaliyoti”. Butun dunyo yaqin tarixning eng yirik insonlik fojiasi yuz bergan Halabdan yuz o’girar ekan Turkiya yana bir bor mazlumlarha qo’l uzatdi. Prezident Erdog’anning rahbarligida, Anqaraning diplomatik muloqatlari natijasida o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Kecha esa Halabning sharqidan evakuatsiya amaliyoti boshlatildi. Turkiya, Halabni tark etishga majbur bo’lgan 80 ming suriyalikning xavfsiz ravishda kun kechirishi uchun turli tayyorgarliklar ko’rdi. Bu doirada Turkiya Suriyaning Idlib shahrida 10 ming kishi uchun turar-joy hududi tashkil etilmoqda. Yaradorlar orasida ahvoli og’ir bo’lganlar esa davolanish uchun Turkiyaga olib kelinadi.

Yeni Shafak gazetasi: “Muammoni hal qilish uchun avvalom bor Halab, nazorat ostiga olinishi kerak”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, butun dunyo ko’zi ongida yuz berayotgan Halabdagi voqealarga e’tibor qaratib, “Agar Suriyadagi vaziyat hal qilinishi kerak bo’lsa unda Halabning nazorat ostiga olinishi shart” dedi. Turkiyaning Halabdagi evakuatsiya uchun keng ko’lamli faoliyat olib borganligini eslatgan Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama, Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel bilan muloqat ham o’tkazganligini ifodaladi. Erdog’an, “Evakuatsiya jarayonini yaqindan kuzatishni davom ettiramiz” dedi.

Hurriyet gazetasi: “Yevropa ittifoqining hech qanday foydasi yo’q”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, vizasiz rejim bo’yicha Yevropa ittifoqining kerakli barcha shartlarni bajo keltirmagudek bo’lsa unda Turkiyaning hech narsa yo’qotmasligini aytdi. Sloveniya Prezidenti Borut Pahor bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumani chog’ida gapirgan Erdog’an, “Biz vizasiz rejim shartlari natija bermagudek bo’lsa, Qizil yarim oy jamiyatiga kerakli to’lovlar to’lanmagudek bo’lsa, berilgan va’dalarning uddasidan chiqilmagudek bo’lsa Turkiya o’zining boshqa rejalari ustida faoliyat yuritishni boshlaydi. Biz haqimizda qabul qilgan qaroringizni yo’lga qoyishga majbur emassizlar. Chunki bugungacha Yevropa ittifoqining bizga hech qanday foydasi bo’lgani yo’q” dedi. 

Haberturk gazetasi: “AQSh Turkiyaga maqtov yog’dirdi”. DEASH terror tashkilotiga qarshi tuzilgan koalitsiyaning amerikalik qo’mondoni general leytenant Stephen Townsend, Turkiyaning al-Bobdagi amaliyotlarini va Bashikadagi aviabazasini maqtadi. Al-Bobning DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligiga e’tibor qaratgan va Turkiyaning bu mavzudagi say-harakatini qo’llab-quvvatlagan Townsend, Turkiya olib borgan amaliyotlarning koalitsiya kuchlarining DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashiga ziyon yetkazmaganligini ta’kidladi. Townsend, Turk askarlari ta’lim bergan mosullik askarlarga ham to’xtalar ekan, “Iroq hukumatining nazorati ostida amaliyot olib bormoqdalar va ular nihoyatda muvaffaqiyatli ilgarilamoqda” dedi.

Star gazetasi: "Yevroosiyo tunneli tayyor”. Istanbul bog’ozini yer osti orqali bir-biriga bog’lagan 14.6 km Yevroosiyo tunneli 2016-yilning 20-dekabri kuni Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning ishtirokida ochiladi. Ushbu tunneldan orqali 100 daqiqa davom etgan sayohat 15 daqiqaga qisqaradi. Bu orqali bir yilda yuzlab million liralik yog’ilgi tasarruf qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar