Matbuot Sharhlari 05.12.2016
Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.
Star gazetasi: “O’yinlarga qarshi o’z o’yinimizni o’ynaymiz”. Turkiyaning Kayseri viloyatidagi jami investitsiya qiymati 587 million lirani tashkil etgan 30 asar va xizmatning ochilish marosimida ishtirok etgan Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya, Xitoy va Eron o’rtasidagi savdo-sotiq doirasida mahalliy pul birligidan foydalanish uchun muzokara olib borganliklarini eslatib, “O’yinlarga qarshi o’z o’yinimizni o’ynaymiz” dedi. Bosh vazir Binali Yildirimning Rossiyaga safar qilishini va u yerda huddi mana shu mavzuni muhokama qilajagini ham yodga solgan Prezident Erdog’an, “Rossiya bilan mahalliy pul birligi ustidan savdo-sotiq qilish uchun faoliyat yuritamiz. Buning uchun Markaziy bankga buyruq berdik.” deya gapirdi. Xalqni yostiq ostidagi valyutalarini Turk lirasiga almashtirishga ham undagan Prezident Erdog’an, “Bizning Turk liramiz barakalidir. Tekinga pul bosib chiqarishmoqda. Biz tekinga pul bosib chiqarmaymiz. Shunday ekan mening xalqim 3-4 kunning ichida yostig’i ostidagi bor-yog’ini Turk lirasiga almashtirishni ham boshlab yubordi” dedi.
Vatan gazetasi: “Chavusho’g’li, Turkiya tashqi siyosatining alternativasi ko’p bo’lishi kerakligini aytdi”. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Livan ziyoratini kuzatgan jurnalistlar savoliga javob berar ekan, “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” masalasga to’xtaldi. Janob Chavusho’g’li bu haqida, “Turkiya ko’p qirrali tashqi siyosatni ko’zlamoqda. Tashqi siyosatimizning alternativasi ko’p bo’lishi kerak” dedi. Bir tomonga qarab qolmaslik kerakligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, Yevropa ittifoqiga e’tibor qaratdi. Chavusho’g’li o’z so’zida, Yevropa ittifoqining Turkiyani uzoq yillardan beri shunchaki chalg’itib kelganligini va buning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini ham ilova etdi. Turkiyaning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari bilan bo’lgan munosabati qanchalik mustahkam bo’lsa Yevropa ittifoqi oldida ham shunchali kuchli bo’lishini ta’kidlagan Chavusho’g’li, “Biz Yevropada qanchalik kuchli bo’lsak Yaqin Sharqda ham shunchalik kuchli bo’lamiz. Shunday ekan Turkiyaning tashqi siyosatining ko’p qirrali bo’lishi shart” dedi.
Sabah gazetasi: “Rossiyaning urush uchog’ini urib tushirish buyrug’i Fetullahchi terror tashkilotiga a’zo polkovnikdan kelgan”. Rossiya Fanlar akademiyasi, Sharqshunoslik instituti ilmiy tadqiqot yordamchisi Ruslan Kurbanov, “2015-yilning 24-noyabri kuni Suriya chegarasida urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 uchog’ini urib tushirish buyrug’i haqida gapirdi. Ruslan Kurbanovning aytishicha bu haqidagi buyruqni na Prezident, na Bosh vazir bergan. Bu buyruq Injirlik aviabazasidagi navbatchi polkovnikdan kelgan. Amalda ham ushbu polkovnik Fetullahchi terror tashkilotiga a’zo edi. FETO amalda CIAning josusi edi. On yildan beri davlatga sizib kirganlar. Fetullah Gulenning AQShda yashash ruxsatnomasini olishi uchun ham CIA josuslari yordam bergan. Ular Rossiya va Turkiya munosabatini buzishga harakat qildilar” dedi.
Hurriyet gazetasi: “Turkiyada ishlab chiqarilgan Toyota C-HR rusumidagi avtomobilga bo’lgan qiziqish katta”. Turkiyada ishlab chiqarilgan dastlabgi Toyota C-HR rusumidagi avtomobilga bo’lgan qiziqish katta. Joriy yilning 15-noyabri kuni sotishga chiqarilgan Toyota C-HR rusumidagi avtomobildan 2 haftada 1 016 dona sotildi. Bugungi kunda mijozlar, nomi tilga olingan avtomobilni xarid qilib olish uchun o’z nomlarini ro’yhatga kiritib, navbatda turibdi.
Haberturk gazetasi: “Turklar bilan nigeriyaliklar eng yaxshilar deb topildi”. Tunov kuni Istanbulda, “29. Best Model of the World” musobaqasining final bosqichi bo’lib o’tdi. Roppa-rosa 20 ayol va 20 erkak modelchi ishtirok etgan musobaqada Turkiya nomidan ishtirok etgan Onur Seyit Yaran erkaklar orasida; nigeriyalik Joy Akpokinovo esa ayollar orasida birinchi o’rinni qo’lga kiritidi.