Matbuot Sharhlari 26.10.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

597754
Matbuot Sharhlari 26.10.2016

Hurriyet gazetasi: “Izolyatsiya qiling”. Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush Adliya vaziri Bekir Bozdag’ning AQSh ziyoratidan maqsadining Fetullah Gulenning ekstraditsiyasidan oldin uning nazoratga olinishini ta’minlash ekanligini aytdi. Kurtulmush, hukumatning ekstraditsiya jarayonining vaqt olishini tushunub yetganligini faqat dunyoning to’rt burchagida o’z faoliyatini yuritishni davom ettirgan va Turkiyaga xavf tug’dirgan Gulenning AQShdagi imkonlaridan foydalanib, o’z ishini davom etishiga monelik qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Sabah gazetasi: “Turkiya boshqalarining buyrug’i bilan faoliyat yuritmaydi”. Bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janikli 11-sentabr kuni, AQShning Saudiya Arabistoni haqida qabul qilgan qaroriga to’xtalar ekan neftga boy davlatlarning, rivojlangan davlatlardagi investitsiyalarida jiddiy ravishda xavf borligini belgilab ularni Turkiyaga investitsiya kiritishga undadi. Dunyoning bu mamlakatlar va ularning buyrug’i bilan ish olib borgan bozorlariga altenrnatif bola oladigan yangi moliyaviy markazga, bozorlarga ehtiyoji borligini belgilab o’tgan Janikli, “Dunyada bu ishni yurita oladigan bittayu-bitta davlat Turkiyadir. Yurtimizga mintaqa davlatlaridan har yili 15-20 milliard dollarlik doimiy valyuta kelmoqda. 14 yildan beri Turkiyaga investitsiya kiritgan investorlarning hammasi daromad qo’lga kiritmoqda. Xohlaganlar, o’zi xohlagan vaqtda pulini olib ketmoqda” dedi.   

Yeni Shafak gazetasi: “Chet ellik investorlar Turkiyani yoqtirdi”. “Ko’chmas mulk tarmog’i vakillari, Xalqaro reyting agentligi Moody’sning kredit reytingini pasaytirishiga qaramay chet ellik investorlarning Turkiyada ko’chmas mulk xarid qilib olishni davom ettirganligini ma’lum qildi. Istanbul Qurilishchilar jamiyati, reyting agentliklarining hisobati chet ellik investorlarga monelik qilmaganligini, shuning uchun ham turar-joy sotishining uzluksiz davom etganligini aytdi. Turkiya iqtisodiyoti va dinamikasini yaqindan kuzatib borgan investorlar, Turkiyaning ichki imkonlariga ahamiyat bermoqda. Bu doirada Moody’sning bir oy oldingi hisobatidan keyin ham turar-joy sotishlari har doimgidek, to’xtamay davom etmoqda.   

Vatan: “Dunyoning eng yirik osma ko’prigi”. Osiyo va Yevropa qit’alari Chanoqqal’aga quriladigan dunyoning eng uzun osma ko’prigi orqali yana bir bor birlashadi. Ko’prik uchun bugun tender e’lon qilinadi. 2017-yilning 26-yanvari kuni takliflar qabul qilinadi. 2017-yilning 18-martida esa qurilish ishlari boshlaydi. 10 milliard Turk lirasi ajratiladigan ko’prik 5 yilda tamomlanadi.   

Haberturk gazetasi: “Mo'jiza, hayajon va sevgi”. Katta qiziqish bilan kutilgan “Hz. Muhammad: Olloxning elchisidir” deb nomlangan filmning primyerasi kecha 25-oktabr kuni bo’lib o’tdi. Bundan roppa-rosa 40 avval yani 1976-yili tasvirga tushirilgan “Chag’ri” filmi Islom dinining paydo bo’lishi haqida so’zlar ekan bu film, payg’ambarning bolalik va ilk yoshlik chog’lari haqida bo’lib, diniy mo’jizalarni o’z ichiga qamrab qamrab olgan.

 



Aloqador xabarlar