Matbuot Sharhlari 29.09.2016
Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.
Hurriyet gazetasi: “Beshtepeda 5 million jiltlik kitubxona ochiladi” Ichida 5 million jiltlik kitob o’rin oladigan Prezidentlik Qarorgohi kitubxonasi uchun ilk faoliyatlar boshlatildi. Kattaligi jihatidan dunyoning ikkinchi, Turkiyaning esa birinchi kutubxonasi bo’lishi kutilgan ushbu muassasa Prezidentlik qarorgohining xalqqa ochiq uchinchi binosi bo’ladi. Prezidentlik Qarorgohi bilan Beshtepe Xalq Madaniyat va Kongress markazining Usmoniy-Saljuqiylar tarzidagi me’moriy shakllariga muvofiq quriladigan kutubxonaning 2017-yilning oxirida faoliyatga o’tishi kutilmoqda. Kutubxona uchun Turkiyadan va chet eldan yangi asarlar olish ishlari davom etmoqda.
Vatan gazetasi: “Boku- Tbilisi-Kars yo’nalishi bo’yicha sinov reysi amalga oshiriladi” Turkiyaning Kars viloyati shahar hokimi Rahmi Dog’an, Boku-Tbilisi-Kars temir yo’lida faoliyatlarning o’z yakuniga yetay deb qo’lganligini va yil oxirida sinov reysi amalga oshajagini aytdi. Poyezd yo’lida kerakli faoliyatlarning uzliksiz davom etganligini belgilab o’tgan Vali Dog’an, “Tarihiy Ipak yo’li bu faoliyatlar orqali qadimgi faolligiga qaytadi. Boku-Tbilisi-Kars temir yo’lining eng muhim xususiyati Xitoydan Yevropaga yetkazilishi kerak bo’lgan barcha mollarning huddi mana shu yo’llar orqali olib o’tilishidir” dedi.
Yeni Shafak gazetasi: “Istanbul global moliyaviy markazga aylanadi”. Istanbulning global moliyaviy markazga aylanishi uchun islomiy bank ham muhim rol o’ynaydi. O’tgan iyun o’yida islomiy bank to’g’risidagi qarorliligini o’rtaga qo’ygan Turkiya kecha islomiy banklar liderlarini Istanbulda mehmon qildi. Istanbulda o’tkazilgan forum ishtirokchilari, 2023 loyihasiga islomiy bank faoliyatining qo’shadigan hissalarini muhokama qildi. Forumga, xalqaro investorlarning qiziqishi katta edi.
Sabah gazetasi: “Turkiyaning rivojlangan trendi mavjud”. Turkiyani 100 mingdan ortiq kassa apparati bilan ta’minlagan Ingenico Group Osiyo Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi rahbari Patrice Le Marre, Turkiya kun tartibini yaqindan kuzatib borganligini aytdi. Turkiyaning mintaqada va dunyoda ko’zga tashlangan trendi bilan barchaning e’tiborini o’ziga jalb etganligini belgilab o’tgan Marre, Turkiya uchun bugungacha bergan xizmatida o’rtish kuzatilganligini ta’kidladi.
Haberturk gazetasi: “Yaponiyada, Usmoniy tangasi topildi”. Yaponiyaning janubidagi Okinava orolidagi Katsuren qal’asi xarobalarida amalga oshirilgan qazish ishlari chog’ida M.A. 4-asrdan qo’lgan, Vizantiya imperatori I Konstantinning imzosi o’rin olgan 4 ta mis tanga topildi. Shuningdek yana huddi ana shu qozma ishlari mobaynida 17-asrga ta’luqli Usmoniylarga oid monogram o’rin olgan 6ta metal pul ham topildi. Bugungi kunda tarixchilar, bu qadimiy pullarning Yaponiyaga qanday kelib qo’lganligini izlashtirmoqdalar.