Matbuot Sharhlari 07.09.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

567179
Matbuot Sharhlari 07.09.2016

Yeni Shafak gazetasi: “Orqaga yo’l yo’q”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turkiyaning rahbarligida boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyoti orqali Turkiyaning, mintaqada borligini ko’rsatganligini belgilab o’tdi. Ushbu amaliyotni davom etishdan voz kechmasligini ifodalagn Erdog’an, “Agar ortga tisarilgudek bo’lsak unda u yerlarga DEASh, PKK, YPG, PYD kabi terror tashkilotlari joylashib oladi” dedi. Erdog’an, shunga o’xshash tahditlarning Iroq uchun ham mavjudligini aytib, Mosulning xavfsizligi uchun Jerablus amaliyotiga o’xshash amaliyotning ishga oshirilishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.  

Star gazetasi: “Muhim soliq imtiyozlari kelmoqda”. Moliya vaziri Naji Ag’bal, turk iqtisodiyotidagi rivojlanishning avvalom bor iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda amalga oshayotganligini aytdi. Ag’bal, “Turkiyaning o’rta va uzoq muddatda rivojlanishini davom ettirish uchun konstruktiv islohotlarning kun tartibi, hukumatimizning eng muhim faoliyatlaridandir” dedi. Royal Dutch Shell sobiq rahbari Sir Mark Moody-Stuart esa Turkiyaning judayam kuchli vaziyatda ekanligini belgilab, “Sog’lom va yaxshi tahsil olgan o’rta sinif mavjud va Turkiya sanoat bazasidek. Moliyaviy tartib-qoida kiritilmoqda. Mustahkam bankachilik tizimi mavjud va judayam puxta ishlangan infratuzilma investitsiyalari bor” dedi.

Vatan gazetasi: Daromad olishni ko’zda tutgan chet ellik investorlarning turk tovarlariga bo’lgan qiziqishi davom etmoqda” Na Turkiyani to’ntarishga qaratilgan tashabbus na Firat qalqoni ba’zi chet ellik investorlarning turk tovarlariga bo’lgan qiziqishiga mone’lik qilolmadi. Markaziy bank manbaalariga ko’ra Turkiya davlat obligatsiyalarida bu yil 4 milliard dollarlik olish kuzatilar ekan to’ntarish tashabbusidan 26-avgustga qadar chet ellik sarmoya kirishi 638 million dollar saviyasida amalga oshdi. Bloomberg manbaalariga ko’ra Turkiya, avgust oyida rivojlanayotgan davlatlar orasida obligatsiya bilan eng yaxshi ta’minlagan davlat bo’ldi. Turk obligatsiyasi olgan investorlar avgust oyida 2.4 reel daromad qo’lga kiritdi.

Sabah gazetasi: “Yevroosiyo tunnelining xalq xizmatiga ochilisihga sanoqli kunlar qoldi”. Istanbulning ikki yoqasini dengiz ostidan bog’laguvchi Yevroosiyo tunneli havodan dron orqali kuzatildi. Bosh vazir Binali Yildirim tomonidan 20-dekabr kuni xalqi xizmatiga ochilishi rejalashtirilgan Yevroosiyo tunnelining yirik qismining tamomlanganligini aniqlandi. Yevroosiyo tunnelining xalq xizmatga ochilishi ortidan Istanbulning Osiyo yoqasidan Yevropa yoqasiga o’tish vaqti 100 daqiqadan 15 daqiqaga qisqaradi.

Haberturk gazetasi: “Ko’rfaz davlatlari Turkiyaga ishonadi”. Xalqaro ko’chmasmulk yarmarkasi Cityscape, Global 2016 Dubaida boshladi. Yarmarkada yirik ko’chmasmulk firmalari, investorlar, arxitektorlar, dizaynerlar uchrashdi. Chet ellik ishtirokchilar qiziqishidan ko’ngli to’lgan turk ishtirokchilar ko’rfaz investorlarining Turkiyaga ishonganligini aytmoqda. Chet ellik delegatlar esa Turkiyaning ayniqsa o’rta va uzoq muddatli investitsiyalar uchun judayam maqul bir davlat ekanligini bildirdi. Cityscape Global 2016 yarmarkasi, 8-sentabrgacha ochiq.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar