Matbuot Sharhlari 18.08.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

554636
Matbuot Sharhlari 18.08.2016

Haber Turk gazetasi: “Turkiyani qo’llab-quvvatlagan do’stlarimizni unutmaymiz”. Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Turkiyani qo’llab-quvvatlash maqsadida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji Turkiyaga tashrif buıyurdi. Akinjining ushbu ziyorati 15-iyul voqeasi ortidan Turkiyani qo’llab-quvvatlash maqsadida Anqaraga rasmiy safar uyushtirgan ikkinchi chet ellik siyosatchi, ikkinchi oliy darajali yetakchi mehmon sifatida qayd etildi. Erdog’an bilan Akinji FETOga qarshi kurash borasida kelishib oldi. Prezident Erdog’an, “ShKTR, FETO ni terror ro’yhatiga kiritdi. Turkiyani qo’llab-quvvatlagan do’stlarimizni hech qachon unutmaymiz. Boshqa do’st davlatlarning ham ShKTRdan o’rnak olishini tilab qolamiz” dedi.

Sabah gazetasi: “Tayyor kiyimning makoni Turkiyaga ishonchimiz komil”. Turkiyadan bir yilda 4 milliard dollarlik tayyor kiyim-kechak import qilgan Nike, Adidas, Mango kabi 15ta global firma vakili Turkiyaga ishonganliklarini, shuning uchun ham o’z rejalarini o’zgartirmaganligini bildirdi.     

Istanbuldagi Tayyor kiyim-kechak eksportchilari ittifoqi raisi Hikmet Tanriverdi, Turkiyadan tayyor kiyim-kechak import qilgan 15 ta yirik global firmaning Turkiyadagi vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Tanriverdi nomi tilga olingan firmalarning Turkiya strategiyasining o’zgarmaganligini qayd etdi.

Yeni Shafak gazetasi: “Suriya uchun uchli koordinatsiya”. Kelasi oyda Rossiya, Eron va Turkiya uchli koordinatsiya yig’ilishi o’tkazmoqchi. Yig’ilishda Suriyaning tuproq butunligi qo’lga olinadi. AQSh vitse-prezidti Joe Bidenning 24-avgustdagi Anqara ziyorati natijasiga ko’ra Rossiya Eron va Turkiya ham o’rin oladigan uchli Suriya koordinatsiya yig’ilishini boshlatadi. Yig’ilishdan avval Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Mihail Bogdanov ba’zi muxolifat guruh bilan uchrashuv o’tkazdi. Bogdanovning bu boradagi uchrashuvlarini, sentabr oyining ilk haftasiga qadar davom ettirajagi ham ma’lum qilindi.

Vatan gazetasi: “2000 yillik munajjim mozaikasi”. Bursaning Hisar mintaqasida olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari chog’ida Miloddan keyingi 2-3-yillarga oid ekanligi tahmin qilingan va Rim imperiyasi davriga oit munajjimlar va mavsumlar haqidagi “Mitras mozaikasi” bilan devor qoldiqlari topildi. 12 oyning, munajjimlarning va 4 mavsumning ramzi hisoblangan ushbu mozaika hayvon va tabiat shakllari bilan qoplangan. Mozaikaning o’rta qismi esa quyosh ramzi hisoblangan “Mithra” bilan tasvirlangan.

Hurriyet gazetasi: “D-marin klassik musiqa festivalida yosh yulduzlar sahnaga chiqdi”. Bu yil 20-avgust kuni “12-Xalqaro D-Marin klassik musiqa festivali” bo’lib o’tadi. Festival, Idil Biret va Ender Sakpinar yetakchiligidagi Prezident simfonik orkestri konserti bilan boshlaydi. Festival 27-avgustgacha davom etadi.

  

 



Aloqador xabarlar