Matbuot sharhlari 08.08.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

547590
Matbuot sharhlari 08.08.2016

 

Hurriyat gazetasi, “Mening go’zal o’lkam” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyada qonli to’ntaruv tashabbusidan 23 kun o’tgach, Turkiya zamini tarixda eng katta mitingga guvoh bo’lganini yozdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va siyosiy liderlar nutq so’zlagan Istanbuldagi demokratiya va shahidlar mitingi 81 shaharda maydonlarga o’rnatilgan ulkan ekranlarda tomosha qilindi.

Prezident Erdog’an: “Muxolifat partiya liderlari va butun xalqimiz bilan axil-inoq va birdam bo’lib, dunyoga namuna bo’lishimiz Turkiyaning dushmanlarini qayg’uga cho’mdi. Shu sababli, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ulkan Turkiya bo’lamiz”,-dedi.

Yeni shafak gazetasi, 15 iyul kuni Fathulloh Gulen harakati va uning safdoshlari tomonidan sodir qilingan davlatni to’ntarish tashabbusiga qarshi bosh ko’targan Turkiya xalqi kecha dunyoda tengi ko’rilmagan birdamlikni namoyon qilganini yozdi.

Kecha Istanbulda bo’lib o’tgan mitingga taxminan 5 mln inson qatnashdi. Ayni paytda, 81 viloyatda millionlab aholi maydonlarda to’plandi. Turkiya bu shaklda Fathullohchilarga va ularning orqasidagi tashqi kuchlarga qo’rquv soldi.

Vatan gazetasi, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va muxolifat partiya liderlari Istanbuldagi miting maydonida to’planganini yozdi.

Siyosiy fikr va tushunchalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, 5 mln aholi bir yoqadan bosh chiqarib, to’ntaruv tashabbusini qoraladi, birlik va hamjihatlik yo’lida butun dunyoga o’rnak bo’ldi.

15 iyul Turkiya tarixida yangi davrning boshlanishiga sabab bo’lganini tilga olgan Prezident Erdog’an: “Birdamligimizni va hamjihatligimizni abadiy davom ettiraylik, uni saqlab qolaylik”,-dedi.

Star gazetasi, 15 iyul kechasi Fathullohchi terror tashkilotining (FETO) Turk Qurolli Kuchlari safiga pinxona kirib olgan xoinlari tomonidan sodir qilingan davlatni to’ntarish tashabbusi turk xalqining kuchi bilan bostirilganini yozdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning da’vati bilan butun xalq ko’chalarga, maydonlarga oshiqdi va demokratiya uchun hayqirdi.

Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 15 iyuldan 7 avgustgacha maydonlarni tark etmagan, dushmanga imkon bermagan aholi soni 50 mln 302 ming 850 nafarni tashkil qildi.

Nafaqat butun Turkiya bo’ylab, balki 39 dan ortiq xorij davlatlarida Turkiyani qo’llab quvvatlash maqsadida mitinglar o’tkazildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #xabar , #miting , #Istanbul

Aloqador xabarlar