Matbuot sharhlari 11.07.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim xabarlar to'plami.

526981
Matbuot sharhlari 11.07.2016

Sabah gazetasi: “Yurtni mudofaa qilishda mahalliy mahsulotlardan foydalanish talabi tobora ortib bormoqda”. Milliy va mahalliy qurollar ishlab chiqarayotgan Turkiya bu mavzuda tashqariga bo’lgan ehtiyojini 40 foizgacha kamaytirdi. Bu nisbat yil o’tgan sayin yana-da kamayib bormoqda. Sohaning o’tgan yilgi mehnat unimdorligini baholagan Mudofaa va aviatsiya sanoati ishlab chiqaruvchilari uyushmasi hisobatiga ko’ra import 2015-yili 21 foizgacha jiddiy ravishda kamaygan. O’tgan yili Mudofaa va aviatsiya sanoatidagi import 1 milliard 67 million dollargacha kamaydi.

Yeni Shafak gazetasi: “PKK terror tashkiloti uchun vahimali kunlar boshladi”. Turkiyaning terrorga qarshi kurashidagi muvaffaqiyatining natijasida PKK terror tashkilotining jiddiy ravishda murakkab kunlarni boshdan kechirayotganligini eslatgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiyaning bu muvaffaqiyati oqibatida PKK terror tashkilotidan qochishga harakat qilgan terroristlar sonining ham ortganligini ta’kidladi. Undan tashqari bergan qurbonlar sonining ham ortishi oqibatida katta vahimaga tushgan PKK terror tashkilotining yosh bolalar umriga zomin bolishdan bosh tortmagan harakatlari esa simsiz telefondagi gaplaridan ma’lum bo’ldi.    

Star gazetasi: “AQShdagi voqealar yaxshilikdan dalolat bermaydi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, AQShdagi vaziyat tufayli xavotirda ekanligini bildirdi. AQShda 7 oy ichida 560 nafar tinch aholining vafot etganligini ta’kidlagan Erdog’an, politsiya xodimlarining javobgarchiligiga ham e’tibor qaratdi. Janob Erdog’an bu haqida: “Siz bir insonni yerga yotkizib undan haydovchilik guvohnomasini ko’rsatishini talab qilyapsiz. U esa talab qilingan hujjatning cho'ntagida ekanligi haqida gapiryapdi. Siz esa bu javob ortidan uni yerda yotgan holda, qo’llari kishanlangan vaziyatda umriga zomin bo’lyapsiz” buni qanday tushinish mumkin” dedi.   

Vatan gazetasi: “Avsha orolida turizm barakasi”. Marmaraning eng muhim turistik markazlaridan biri hisoblangan Avsha oroli, 9 kunlik hayit bayrami chog’ida sayyohlar ziyorati bilan to’lib toshdi. Ajoyib tabiiy manzarasi bilan ko’z qamashtirgan oroldagi 50 ta plyaj o’z tarixidagi eng gavjum paytlarini boshdan kechirdi. Yurt aholisi ko’m-ko’k dengiz o’rtasida shahardan iroq, tinchgina dam oldilar. Orolda sayyohlarga sifatli va mazmunli xizmat ko’rsatgan mehmonxonalar, tashuvchilar, marketlar va muassasalar sayyohlar tomonidan a’lo deb topildi. Avsha orolidagi bu gavjumlikning kuz mavsumigacha davom etishi kutilmoqda.  

Hurriyet gazetasi: “Turkiya, yengil atletika bo’yicha katta muvaffaqiyatga imzo chekdi”. Gollandiya poytaxti Amsterdamda uyushtirilgan yengil atletika bo’yicha Yevropa chempionligida Turkiya 4 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo’lga kiritib, musobaqani to’rtinchi o’rinda yakunladi. Turkiya, ayollar o’rtasidagi yarim maratonda jamoa ro’yhatida ham 3-qatorda o’rin olib bronza medalni qo’lga kiritar ekan bu orqali, bugungacha jami 12 medalga ega bo’lgan milliy jamoa, bu raqamni bir musobaqaning o’zidayoq qo’lga kiritib tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.



Aloqador xabarlar