Matbuot Sharhlari 29.03.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

460459
Matbuot Sharhlari 29.03.2016

Hurriyet gazetasi: “Dunyoning eng yirik firma yetakchilarining Turkiyaga qiziqishi katta". Yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etish maqsadida bugun Amerika Qo'shma Shtatlari poytaxti Vashingtonga jo'nab ketmoqchi bo'lgan Prezident Rajap Tayyip Erdog'an va turk hay'atining iqtisodiyot dasturlariga, dunyoning eng yirik firmalari yetakchilari katta e'tibor qaratdi. Erdog'an, dunyoning eng yirik 25 ta firmalari yetakchilari bilan 30-mart kuni uchrashuv o'tkazadi. Ortidan esa 300 kishilik katta ziyofat oqchomida amerikalik ishbilarmonlarni investitisiya uchun Turkiyaga taklif qiladi.

Haberturk gazetasi: “Turkiyaning 4.5G sistemasiga o'tishiga atigi 2 kun qoldi". Turkiyada 2kundan keyin mobil aloqada yangi davr boshlaydi. Yangi davrga ko'ra Turkiyada mobil aloqa 3Gga ko'ra 10 barobarga ortadi. Yangi sistemaga o'tish davrida 4.5G, sog'likni saqlash va ta'lim kabi sohalarda ham hayot sharoitini qulaylashtiradi.

Sabah gazetasi: “Istanbul sayohatimni bekor qilmayman". Tunis, Misr, Parij va Istanbul ortidan Bryusselda ham sayyohlarning terror qurboni bo'lishi ortidan Independent gazetasi muxbiri Ben Chu, “Bu yil oilam bilan birgalikda dam olish uchun Istanbul mehmonxonalaridan joy ajratgan edim. Terrorni deb men o'z rejalarimni bekor qilishim shartmi? deb nomlangan maqola chop etdi. Ben Chu ushbu maqolasida, “Bryussel hujumi teraktlarning dunyoning har burchagida yuz berishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Terroristlarning xohishiga aslo bo'yin egmayman. Oilam bilan Istanbulda dam olmoqchi edim. Buning uchun Istanbul mehmonxonalaridan joy ham ajratgan edim. Buni aslo bekor qilmayman" dedi. Kitobxonlarini, psihologik jang hiylalariga aslo bosh egmaslikga undagan Ben Chu, “Terroristlarning psihologik jang hiylalari mavjud faqat bizning ham ularga ataganimiz bor. Agar terror popisasidan qorqmagudek bo'lsak unda albatta terror bu jangda mag'lub bo'ladi, biz esa g'olib bo'lamiz" dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “Bolalar huddi qamoq sharoitida umr surayotgandek". Bir kir yuvish poroshogi markasi dunyoning 10 davlatida tadqiqot ishlari olib bordi. Ushbu tadqiqotga ko'ra Angliyada, bolalarning uchdan bir bo'lagi tashqarida, mahbuslarga qaraganda yana-da ozroq vaqt o'tkazmoqda. Tadqiqotda yoshlari 5-12 orasida o'zgargan 12 ming bolaning oilasiga savol berildi. Olingan javoblarga ko'ra Angliyadagi bolalarning uchdan bir bo'lagining tashqarida, 30 daqiqadan oz o'yin o'ynaganligi ma'lum bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahbuslarga ajratgan eng oz standart prinsipiga ko'ra esa bir mahbus, bir kunda, kamida bir soat tashqariga chiqib mashq qilishi kerak. Angliyadagi bolalarning beshdan bir bo'lagining esa tashqarida o'yin o'ynash uchun hech qanday istagi yo'q.

Star gazetasi: “Gretsiya, immigrantlarga fuqarolik sotmoqda". Iqtisodiy inqiroz Gretsiyada 7 yildan beri davom etar ekan, bu inqirozdan chiqish uchun Gretsiya 250 ming yevroga, fuqarolik sotish haqida qaror qabul qildi. Gretsiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Dimitris Mardas, Gretsiyadagi muhojirlarning moliyaviy holatini ko'rib chiqajaklarini bildirdi. Bu doirada, “250 ming yevrolik investitsiya xisobiga ega bo'lganlarga, Gretsiyada qolishlari uchun imtiyozli muomala qilinadi" dedi. Bu ma'lumotga esa Gretsiyadagi muxolifat qarshilik ko'rsatdi. Gretsiya hukumatining eng asosiy muxolifati Yangi Demokratiya partiyasi deputati Fotini Pipili, Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari so'zlariga qarshi, “Mardas avval ham 4-5 marotaba baxtsiz bayonotlar bergan edi. Lekin bu gal rekord o'rnatdi" deya masxarali ifodalar bilan norozichilik bildirdi.



Aloqador xabarlar