Matbuot sharhlari 22.01.2014

Aksham gazetasi, “Turkiya iqtisodiyot ravnaqi yo’lida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Nobel mukofoti sovrindori taniqli iqtisodchi Joseph E. Stiglitz Turkiya mustaqil o’zi ulkan iqtisodiyot bo’lish yo’lida davom etganini tilga olganini yozdi.

194286
Matbuot sharhlari 22.01.2014


Aksham gazetasi, “Turkiya iqtisodiyot ravnaqi yo’lida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Nobel mukofoti sovrindori taniqli iqtisodchi Joseph E. Stiglitz Turkiya mustaqil o’zi ulkan iqtisodiyot bo’lish yo’lida davom etganini tilga olganini yozdi.
Xitoyning Afrikadagi tashabbusi Turkiyaga foyda keltirganini tilga olgan Joseph E. Stiglitz, bu bilan Turkiyaning Afrikadagi e’tibori yanada mustahkamlanishini bildirdi.
Turkiyaning iqtisodiy o’sishi davom etishini tahmin qilgan Joseph E. Stiglitz, “O’zgargan geopolitik tuzilishga ko’ra, Turkiya 2015 yilda eng omadli davlatlardan biri bo’lishi mumkin”-dedi.
Sabah gazetasi, “Dunyoning eng katta bojxona markazlari İstanbulda quriladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, hozirda qurilishi davom etayotgan İstanbuldagi 3-xalqaro aeroportda 120 million evro investitsiya bilan dunyoning eng katta duty free kompleksi qurilmoqda.
Jami 53 ming kvadrat metrlik maydonga quriladigan magazinlarda 400dan ziyod markalar o’z mahsulotlarini sotuvga chiqaradi.
7 ming kishiga ish imkoniyati tug’iladigan magazinlarda so’ngi texnologik savdo mashinalari kabi ko’plab yangi ilg’or texnik apparaturalardan foydalanilishi rejalanmoqda.
Hurriyat gazetasi, Turkiyada yashagan xorijliklar ko’pincha sohildagi shaharlardan uy sotib olayotganini yozdi.
Xorijliklar ko’pincha Antaliya, İstanbul, Aydin kabi shaharlardan uy sotib olar ekan, dengiz sohilida joylashmagan birgina shahar Ankarada ham uy sotib olgan xorijliklar soni ko’pchilikni tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, xorijliklar 2014 yilning yanvaridan noyabr oyigacha jami 17 ming 104 ta uy sotib olgan.
Yeni shafak gazetasi, “TURKOK dunyoga umid bag’ishlaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Qizil yarim oy jamiyati va Sog’liqni saqlash vazirligi o’rtasida imzolangan protokol doirasida, oilasida qoni to’g’ri kelmagan saraton kasalligiga chalingan bemorlar uchun Turkiya hujayra koordinatsiya markazi TURKOK loyihasi hayotga tadbiq etilganini yozdi.
Milliyat gazetasi, “Abu Dabi aeroporti TAVga omonat” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyada faoliyat ko’rsatgan TAV informatsion holding tashkiloti Abu Dabi aeroportidagi Midfield terminal binosida ochiladigan aloqa texnologiyalari tenderida g’olib bo’lganini yozdi.
TAV informatsion holding tashkiloti 50 million dollar evaziga qo’lga kiritgan tender asosida terminalning butun informatika poydevorining loyihasi, jihozlanishi va poydevor xizmatlarini bajaradi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar