Matbuot sharhlari 22.06.2014

Sabah gazetasi, “Erdog’an Lyonda ma’ruza qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropalik turk demokratlar birligining 10 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan marosimda, Yevropada yashagan turklarga hitob qilgan Erdog’an arman voqealariga to’xtalganligini yozdi.

103020
Matbuot sharhlari 22.06.2014


Sabah gazetasi, “Erdog’an Lyonda ma’ruza qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropalik turk demokratlar birligining 10 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan marosimda, Yevropada yashagan turklarga hitob qilgan Erdog’an arman voqealariga to’xtalganligini yozdi.

Erdog’an “İchki siyosatda qalbaki ovoz olish uchun irqchilikka, bo’luvchilikka va asosan islomofobiga qo’l urish Yevropa uchun tahlika olib kelishini tilga oldik”-dedi.
Yeni shafak gazetasi, “Neftlar o’lkasi benzinni Turkiyadan talab qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz İroq Damashq İslom davlati terror tashkilotining nazoratida bo’lgan Beyji neft stansiyasining to’xtab qolganligi sababli İroqning neft ehtiyojini Turkiyadan ta’minlash to’g’risida talab kelganligini tilga olganligini yozdi.
Taner Yildiz, “Bu TUPRASH tomonidan ta’minlanishi mumkin. Lekin buning jo’natilishi asosan Habur chegarasida jiddiy qiyinchilikka sabab bo’ladi. Buni transport yo’li bilan amalga oshirish oson emasligini aytishim mumkin”-dedi.
Milliyat gazetasi, “İstanbulda Bob Dylan konserti” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Amerikalik taniqli san’atkor Bob Dylan İstanbulda konsert berganligini yozdi.
Hayotini anglatgan kitobining ilk bo’limida turk ekanligini, buvisi Trabzondan ko’chib ketganligini, aslida Kars viloyatida tug’ilganligini ifoda etgan taniqli san’atkor muhlislarning e’tiboridan joy oldi.
Hurriyat gazetasi, “Kumush ot mukofotlari Strazburgda o’z egalariga topshirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropada 28 yildan beri islomofobi va irqchilikka qarshi kurashi bilan tanilgan Xalqaro Tenglik, adolat va tinchlik kengashi Fransiyaning Strazburg shahrida “Xalqaro kumush ot” kino va musiqa mukofotiga loyiq deb topilganligini yozdi.
Yevropada yashagan turk san’atkorlarning faoliyatlarini tanitishni maqsad qilgan “Kumush ot” mukofotini topshirish marosimida rap janrida kuylagan Muhabbat ismli san’atkorga mukofot topshirildi.
Fransiyada birinchi marta turk san’at xor guruhini tuzgan Selin Tenik esa, eng yaxshi musiqa guruhi yo’nalishida mukofot sohibi bo’ldi.

Sabah gazetasi, “Xalqaro sport sudi Joneyt Yukselni oqladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Xalqaro sport sudi CAS Turkiya Atletizm federatsiyasi disiplina kengashi tomonidan 18 oy musobaqalardan man qilingan milliy atlet Nevin Yanitning treneri Juneyt Yukselga berilgan jazoni bekor qilib sud ishini kengashga havola qilganligini yozdi.
Turkiya Atletizm federatsiyasi disiplina kengashi o’tgan yili 4 dekabrda olgan qaroriga binoan, sportchisi doping bilan qo’lga tushgan 23 trenerni 1 yoki 3 yil muddat bilan musobaqalarga qatnashishini man qilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar