Gretsiya tarixiy asarlarni Turkiyaga qaytarib berdi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy, Gretsiya poytaxti Afinaga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat oʻrtasida uyushtirilgan 5 - Turizm qoʻshma komissiyasi yigʻilishida ishtirok etdi.

2222596
Gretsiya tarixiy asarlarni Turkiyaga qaytarib berdi
yunanistan kultur bakani-ersoy.jpg
lidya sikke.jpg

Gretsiyada kontrabandachilar qoʻlidan qutqarib olingan va Turkiyaga tegishli ekani aniqlangan Lidiya madaniyatiga oid 1055 tanga oʻz egasiga topshirildi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy, Gretsiya poytaxti Afinaga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat oʻrtasida uyushtirilgan 5 - Turizm qoʻshma komissiyasi yigʻilishida ishtirok etdi.

Ersoʻy shu doirada Gretsiya Turizm vaziri Olga Kefaloyanni bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv ortidan Nuri Ersoʻy Afina Numizmatik muzeyiga borib, u yerda, Gretsiya Madaniyat vaziri Lina Mendoni bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur uchrashuvda Gretsiyaning Kipi chegara darvozasida grek xodimlar tomonidan olib borilgan tintuv paytida topilgan va Turkiyaga tegishli ekani aniqlangan, miloddan avvalgi 7 – asrlarda bosilgan boʻlishi taxmin qilingan 1055 tangani topshirish marosimi uyushtirildi.

Lidiya madaniyatiga oid 1055 tanga, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻyga topshirildi.



Aloqador xabarlar