Gʻazo va Livandagi madaniy boylik va meroslar Isroil hujumlaridan ziyon koʻrmoqda

Pikkat, UNESCO va UNOSAT sun’iy yoʻldosh markazining Isroil hujumlari ostidagi Livan va Gʻazodagi madaniy merosga yetkazilgan ziyonni kuzatish boʻyicha olib borayotgan faoliyatlari haqida gapirdi.

2213934
Gʻazo va Livandagi madaniy boylik va meroslar Isroil hujumlaridan ziyon koʻrmoqda

Gʻazodagi 69 ta madaniy boylik bilan Livandagi 34 ta madaniy meros obyekti Isroil hujumlaridan ziyon koʻrgani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzuridagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy vakolatxonasi (UNESCO)ning Madaniyat va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Krista Pikkat Jenevada, UNESCO va UNOSAT sun’iy yoʻldosh markazining Isroil hujumlari ostidagi Livan va Gʻazodagi madaniy merosga yetkazilgan ziyonni kuzatish boʻyicha olib borayotgan faoliyatlari haqida gapirdi.

Krista Pikkat, Livan janubidagi Baalbek kabi hududlarda UNECKO himoyasida katta hududlar borligini qayd etgan holda:

«Bu hududlardan biri ataylab nishonga olingudek boʻlsa unda bu harakat urush jinoyati boʻlishi mumkin degan ma’noni anglatadi», - deya gapirdi.

Pikkat oxirgi vaqtlarda Livan janubidagi 34 ta madaniy meros obyekti, davom etgan mintaqaviy mojarolar oʻrtasida potentsial xavf ostida ekanligini ta’kidladi va bu hududlar atrofiga ziyon yetkazilgani yoki ularning nishonga olinganini qayd etdi.

«Gʻazoda esa toʻqnashuvlar avj olganidan beri 69 ta madaniy obyekt ziyon koʻrdi», - degan ifodalarga oʻrin bergan Pikkatning aytishicha ularning 43 tasi tarixiy yoki badiiy bino, 6 tasi obida, 7 tasi arxeologik maydon va 1 tasi muzeydir.

Pikkat, UNESCO tomonidan bunday madaniy meroslar saqlangan maydonlardagi asarlarni himoya qilish uchun ko‘rilayotgan chora - tadbirlarga to‘xtalar ekan ayni vaqtda undagi UNESCOning roliga ham e’tibor qaratdi. Bu borada, UNESCO nafaqat bu asarlarni evakuatsiya qilish bilan balki mojarolar vaqtida madaniy merosni qanday himoya qilish va saqlash bo‘yicha hukumatlarga maslahat ham berishini ta’kidladi.

UNESCO bilan UNOSAT tomonidan madaniy meros hududlaridagi ziyonni aniqlash uchun qoʻllanilgan metodologiyada mojarodan oldingi holatlar, hujumdan keyingi vizual tasvirlar va sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari bilan birlashtirilishi va yetkazilgan ziyonni uzoqdan baholash yoʻl - yoʻriqlari qoʻllanilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo va Livan , #UNOSAT , #UNESCO , #Krista Pikkat

Aloqador xabarlar