Aqtau shahri 2025 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi
TURKSOYga a’zo davlatlarning 41-yig‘ilishida Aqtau shahri 2025 yilgi turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Turkiy madaniyat va san’atni rivojlantirish xalqaro tashkiloti – TURKSOYga a’zo davlatlarning 41-yig‘ilishida Aqtau shahri 2025 yilgi turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
Qozog‘iston OAV xabariga ko‘ra, yig‘ilishda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Turkiya madaniyat sohasi vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor turkiy madaniyatni rivojlantirish va turkiy davlatlar o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratildi. Ishtirokchilar turkiy tilli xalqlarning madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan fikr almashdi va qarorlar qabul qildi.