TİKA ko’magida Gambiyada “Otaturk kutubxonasi” ochildi

Gambiyada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko’magida ta’mirlangan Gambiya Qurolli Kuchlari Ta’lim maktabidagi “Otaturk kutubxonasi” foydalanishga topshirildi.

2157374
TİKA ko’magida Gambiyada “Otaturk kutubxonasi” ochildi
tika gambiya ataturk kutuphanesi1.jpg
tika gambiya ataturk kutuphanesi.jpg

 

Gambiyada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko’magida ta’mirlangan Gambiya Qurolli Kuchlari Ta’lim maktabidagi “Otaturk kutubxonasi” foydalanishga topshirildi.

TIKA tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Fajara hududida joylashgan maktabda "Otaturk kutubxonasi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Turkiyaning Banjul elchisi Fahri Turker O’ba, Gambiya Mudofaa vaziri maslahatchisi Rohey Bittaye Darboe, Gambiya Bosh shtab rahbari general Lamin K. Sanyang, TIKA Banjul koordinatori Shule Bayar, Harbiy maslahatchi shtab polkovnigi Anil Akso’y, askarlar va matbuot xodimlari ishtirok etdi.

Turkcha ta'lim olgan Gambiya armiyasi askarlari bemalol kitob o'qiy oladigan muhit yaratish maqsadida kutubxonaning ta'mirlanishi TIKA tomonidan amalga oshirildi.

Gambiya Qurolli Kuchlari Ta'lim maktabida Otaturk kutubxonasi 1991 yilda Fajaradagi Ta'lim maktabiga turk askarlarining yuborilishi bilan tashkil etilgan.

Yillar davomida mavjud kutubxona, ayniqsa, nam iqlim tufayli yaroqsiz holga kelgan.

Ushbu loyiha Turkiya-Gambiya harbiy va ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishiga va Gambiya Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining individual rivojlanishiga hissa qo'shishni maqsad qilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Otaturk kutubxonasi , #TIKA , #Gambiya

Aloqador xabarlar