Jannatmakon Fethiyening diqqatga sazovor joylari

Turkuaz dengizi, ulug'vor tabiati bilan chambarchas bog'langan qo'ltiqlari, tarixiy shaklanishi bilan maftun etgan Fethiye yoz oylarida mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqat markaziga aylanmoqda.

2157204
Jannatmakon Fethiyening diqqatga sazovor joylari

 

Antaliya va Fethiye ko'rfazlari o'rtasida cho'zilgan Likiya yo'li dunyodagi eng yaxshi uzoq masofali 10 ta piyoda yo'llaridan biridir.

Turkuaz dengizi, ulug'vor tabiati bilan chambarchas bog'langan qo'ltiqlari, tarixiy shaklanishi bilan maftun etgan Fethiye yoz oylarida mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqat markaziga aylanmoqda. Fethiye nafaqat dengiz ta'tillari, balki geografik tuzilishining qulayligi tufayli ham paraplanda uchish uchun eng ko'p tanlanadigan maskandir. Har yili diversifikatsiya qilinadigan Fethiye mehmonxonalari kuchli talabni qondirish uchun etarli imkoniyatga ega.

 

Fethiyening diqqatga sazovor joylari

Kayako'y qarag'ay, anjir va anor daraxtlari orasida cho'zilgan tor ko'chalari bilan Fethiyening eng qiziqarli maskanlaridan biridir. Antaliya va Fethiye ko'rfazlari o'rtasida cho'zilgan Likiya yo'li dunyodagi eng yaxshi uzoq masofali 10 piyoda yo'llaridan biridir. Likiya yo'lida Idyros, Phaselis, Olimpos, Limyra, Myra va Simena kabi ko'plab qadimiy shaharlarni ko'rish mumkin. Fethiyeda ko'rish kerak bo'lgan yana bir joy Likiya davriga oid shohlar qabrlaridir. Xuddi shu davrga oid boshqa qadimiy shaharlar ham bor. Ulardan Telmetstsos, Tlos, Pınara, Letoon qadimiy shaharlaridir. Fethiye markazi va O'ludenizi o'rtasida joylashgan Ovajik va Hisaro'nuda ko'plab mehmonxonalarni, savdo va ko'ngilochar markazlarini uchratish mumkin. Fethiyeda ziyorat qilinadigan joylar orasida qadimiy asarlar, haykallar, keramika va shisha buyumlarni o'z ichiga olgan Fethiye muzeyi bor. Tarixiy Paspatur dovoni, ayniqsa, Fethiyega xos restoranlari va lazzatlari bilan ajralib turadi. Bu yerga kelganingizda, qor sharbati, tantuni va yupqa kabi milliy pishiriqlaridan tatib ko'rishingiz mumkin.

 

Fethiye ko'rfazlari va Fethiye plyajlari

Fethiye ko'rfazlari va plyajlarini O'ludeniz, Kelebeklar vodiysi, Kabak ko'rfazi, Saklikent va Go'jeksiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ushbu ko'rfaz va plyajlardan tashqari Hisaro'nu va Ovajik qishlog'iga juda yaqin bo'lgan Gemiler, Kidrak, Kabak, Belchekiz, Kumburnu, Chalish kabi plajlari Fethiyaning eng mashhur suzish joylari orasida. Cennet, Katranji va Gunlu ko'rfazidagi qayiq sayohatlari sizga bebaho tajribalar taqdim etadi.

 

Fethiye qayerda?

Fethiye Mug'laning eng katta tumanlaridan biri bo'lib, shaharning sharqida joylashgan. Fethiyening sharqida Antaliya, g'arbida O'rta yer dengizi, shimoli-g'arbida Dalaman, shimolda esa Denizli va Burdur viloyatlari joylashgan.

O'ludeniz

O'ludeniz nafaqat Fethiye plyajlari orasida, balki dunyodagi eng chiroyli plyajidir. Ko'm-ko'k dengiz, oq qumlar va yam-yashil daraxtlar bilan o'ralgan bo'lib, o'z nomini sayozligi va turg'unligidan oladi. O'ludeniz 2 qismdan iborat: birinchi qismi Beljekiz, ikkinchi qismi esa ko'l joylashgan hududdir. Kumburnu bu qismlarni bir-biridan ajratib turadi. O'ludeniz 2006-yilda dunyoning eng go'zal plyaji sifatida tanlangan va ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan bu ko'l, shubhasiz, sizda unutilmas taasurotlar qoldiradi.

 

Kelebeklar vodiysi

Babadag' etagidagi Kelebeklar vodiysi paraplanda uchishlari bilan mashhur bo'lib, mamlakatdagi tabiat va kemping turizmining eng muhim manzillaridan biridir. U erda kapalaklarning 70 dan ortiq turlari mavjud. Manzilga qayiq sayohatlari bilan osongina borishingiz mumkin.

 

Kabak ko'rfazi

Turkuaz moviy dengiz va yam-yashil o'rmon o'rtasida joylashgan Kabak ko'rfazi Fethiye ko'rfazlari orasida eng mashhuri bo'lishiga qaramay 1980 yillarga qadar sayohat qilinmagan hududdir. Likiya yo'lida joylashgan bu ko'rfazga tik yonbag'irlardan piyoda, shaxsiy transport va qayiqlarda borish mumkin. Kabak ko'rfazida bo'lganingizda, Aladere sharsharasini ko'rmasdan ketmang. Shuningdek, siz Kabak ko'rfazida chodir qurib, maroqli hordiq chiqarishngiz mumkin.

 

Saklikent - Saklikent darasi

Saklikent Akdag'lardan oqib tushgan qor suvlari bilan ochilgan chuqur dara bo'lib, bu maskan uchun to'liq bir kunni ajratishingizni tavsiya qilamiz. Siz nafaqat dengizdan bahra olishingiz, balki alpinizm va piyoda sayr qilish kabi mashg'ulotlar bilan kuningizni zavqqa to'ldirasiz. Bu erda bo'lganingizda, kanyondagi restoranlarda pishiriladigan va ta'mi og'zingizda qoladigan olabaliqdan albatta tatib ko'ring.

 

Go'chek

Go'jek yaxta turizmida brendga aylandi va Venetsiyadagi kabi villalari va qimmat marinalari bilan esga tushadi. Bu joy tabiiy go'zalliklari va tiniq dengizi bilan naq plyaj jannatidir. Go'jekda ko'plab xususiy plyajlar mavjud bo'lsa-da, Go'jek aholisi tomonidan afzal ko'rilgan Inlije jamoat plyajini yodda tuting.

 

12 orol

Fethiye portidan har kuni tashkil etiladigan 12 orol sayohatiga qo'shilib, Qizil oroli, Delikli oroli, Yassijilar, Tersane oroli, Domuz oroli, Go'bun ko'rfazi, Boynuzbuku, Gemiler, Sho'vale, Zeytinli, Akvaryum va Hamam ko'rfazlari kabi Fethiyaning eng go'zal joylariga borishingiz mumkin. Hamam ko'rfazidagi Vizantiya monastiri orasidan dengizga tushishingiz va mo''jizalarga boy suv osti dunyosidan bahramand bo'lishingiz mumkin. Agar siz yoz oylarida shahar shoviqinidan uzoqda osuda dam olishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, Fethiyening sokin ko'rfazlari uchun Dalaman parvoz chiptasini sotib olishingiz mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fethiye

Aloqador xabarlar