Gaziantepda "GastroANTEP" madaniyat festivali bo'lib o'tadi
Xalqaro festivalga Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Iordaniya, AQSh va Livan kabi davlatlardan taniqli oshpazlar tashrif buyurishadi.
Turkiyaning gastronomiya shahri Gaziantepda 16-24 sentyabr kunlari "GastroANTEP" Madaniyat yo'li festivali bo'lib o'tadi. Unda mahalliy va xorijlik oshpazlar Gaziantep shahrining milliy taomlarini dunyoga tanitishga muvaffaq bo'ladi.
Mazkur tadbir Gaziantep shahar hokimiyati bilan Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xalqaro festivalga Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Iordaniya, AQSh va Livan kabi davlatlardan taniqli oshpazlar tashrif buyurishadi.
Shaharda yetishtirilgan ko'plab o'ziga xos mahsulotlar bilan taom tayyorlaydigan oshpazlar gastronomiya shahrining nafaqat mahsulotlarini bilan, balki milliy taomlarini tatib ko'rish bahtiga muyassar bo'ladilar.
Gastronomiya shahridagi usta oshpazlardan taom tayyorlash sirlarini o'rganadigan xorijlik oshpazlar o'z mamlakatlarida turk taomlarini tanitadilar.
Aloqador xabarlar
Italiyalik bastakor Ludovico Einaudi Turkiyada konsert beradi
Konsert dasturi Istanbuldagi “Harbiye Jemil Topuzlu” nomli amfiteatrda bo’lib o’tadi.