Londondagi kitob ko'rgazmasida Turkiyadan 24ta nashriyot uyi ishtirok etmoqda

Londondagi "Olympia London" ko'rgazma maydonida tashkil etilgan ko'rgazmada Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi homiyligida ochilgan “Turkiya” stendidan tashqari 14 nafar ishtirokchi bilan Istanbul savdo palatasi stendi ham o'rin oldi.

1976858
Londondagi kitob ko'rgazmasida Turkiyadan 24ta nashriyot uyi ishtirok etmoqda

 

Dunyo miqyosidagi nashriyot va mualliflik huquqining eng muhim uchrashuv nuqtalaridan biri bo'lgan "London kitob ko'rgazmasi"da Turkiyadan 24 nashriyot uyi ishtirok etdi.

Britaniya poytaxti Londondagi "Olympia London" ko'rgazma maydonida tashkil etilgan "52-London kitob ko'rgazmasi"da Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi homiyligida ochilgan “Turkiya” stendidan tashqari 14 nafar ishtirokchi bilan Istanbul savdo palatasi (ITO) stendi ham o'rin oldi.

Ko'rgazmaga Turkiyadan 10 ta nashriyot mualliflik huquqi va asar sotish bo'yicha muzokaralarda ishtirok etadi.

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari bo'lib o'tadigan London kitob yarmarkasida 60 ga yaqin davlatdan 1700 ishtirokchi va 25 ming mutahassis qatnashishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #London kitob ko'rgazmasi

Aloqador xabarlar