Anqarada 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi
Dasturlarda 13 mamlakatdan kelgan musiqiy guruhlar – jami 355 nafarga yaqin musiqachi chiqish qiladi.
1970604

Turkiya poytaxti Anqara shahrida uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta tashkil etilgan 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi.
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fevral oyida ro‘y bergan zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan mazkur anjuman doirasida 17 ta konsert tashkil etiladi. Dasturlarda 13 mamlakatdan kelgan musiqiy guruhlar – jami 355 nafarga yaqin musiqachi chiqish qiladi.
Festival 28 aprelgacha davom etadi.