“TRT – Afrika” telekanali o'z faoliyatini boshladi

Turkiyaning davlat teleradiokompaniyasi TRT Afrika qit'asidagi voqealarni to'rt tilda (suahili, ingliz, hausa va fransuz) namoyish qilish maqsadida yangi raqamli yangiliklar platformasi “TRT – Afrika”ni ishga tushirdi.

1968245
“TRT – Afrika” telekanali o'z faoliyatini boshladi

 

TRT – Afrika: Turkiya davlat teleradiokompaniyasi qoshidagi “Afrika” telekanali efirga chiqdi.

TRTning yangi raqamli xabar kanali Afrika haqida haqiqatni namoyish etib,  tomoshabinlarga Afrikaga muqobil nuqtai nazarni taqdim etadi. Telekanal, shuningdek, Afrika qit'asi uchun muhim global voqealarni boy va dolzarb formatda, muvozanatli ma'lumotlar bilan taqdim etadi.

Turkiyaning davlat teleradiokompaniyasi TRT Afrika qit'asidagi voqealarni to'rt tilda (suahili, ingliz, hausa va fransuz) namoyish qilish maqsadida yangi raqamli yangiliklar platformasi “TRT – Afrika”ni ishga tushirdi.

Telekanal TRT va Afrika teleradiokompaniyasi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan “Birinchi Eshittirish Sammiti”ning ikkinchi kuni jonli efirini boshladi. Uch kunga rejalashtirilgan sammit 30 mart kuni boshlandi.

TRTning ob'ektiv jurnalistika maqsadlari yo'lida tomoshabinlariga Afrikaga muqobil bir nuqtai nazar taqdim etadigan “TRT – Afrika” qit'a uchun muhim global hikoyalar, muvozanatli ma'lumotlar, boy va dolzarb yangiliklar bilan tomoshabinlar e’tiborida bo’ladi.

Telekanal shuningdek, diasporadagi Afrika va afrikaliklarning hikoyalariga o’rin beradi va ularning asosiy qadriyatlarini noyob tarzda uyg'unlashtiradi va ularni dunyo voqealari markaziga qo'yadi.

Qit'aning 15 xil davlatidan ko’plab malakali xodimlarga ega bo'lgan “TRT – Afrika”ning maqsadi, afrikalik tomoshabinlar uchun muhim hikoyalarni o'z ichiga olishi, ijtimoiy media orqali dunyodagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib boradigan yoshlar uchun yuqori sifatli kontent ishlab chiqarish va qit'ada ishonchli axborot manbasiga aylanish.

Kanal qolaversa, Afrika va butun dunyo bo'ylab tomoshabinlarga noyob raqamli kontent, eksklyuziv hikoyalar, mahalliy Afrika muammolari bo'yicha tadqiqot va hujjatli filmlarni taqdim etish va butun dunyo bo'ylab Afrika diasporasining qit'adagi axborot yangiliklariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilgan.

“TRT – Afrika” Gambiyadan Marokashgacha, Nigeriyadan Kamerungacha o'nlab Afrika mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Telekanalning maqsadi ham Turkiyaning Afrikani uzoq vaqtdan beri qo'llab-quvvatlaganligini yana bir bor tasdiqlab, “Afrika ovozi”ning butun dunyoda eshitilishi va qadrlanishi uchun platforma bo’lib xizmat qiladi.

“TRT – Afrika”  “TRT World”, “TRT Arabic”, “TRT Russian”, “TRT Deutsch”, “TRT Francais” va “TRT Bolqon”dan iborat TRT oilasining eng yangi a'zosi bo'ldi. Ushbu platformalarning barchasi xalqaro auditoriyaga alohida va birgalikda turli xil ovozlar va istiqbollarni taklif qiladi.

 

TRT Afrika sammiti

Turkiya prezidenti devoni Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji va Afrika teleradiokompaniyasi yuqori menejeri Gregoire Ndjaka juma kuni bo'lib o'tgan “TRT – Afrika”ning ochilish marosimida nutq so'zladi.

Payshanba kuni, sammitning birinchi kuni Afrika teleradioeshittirishlar ittifoqi vakillari “Barqaror kelajak sari: Davlat teleradiokompaniyasini qayta shakllantirish” mavzusida birlashdilar.

Shuningdek, Afrikaning 16 davlatidan 23 nafar jurnalistga “Pandemiya jarayonida ommaviy axborot vositalarining oʻzgarishi”, “Jurnalistika oʻzgarishiga texnologiyaning qoʻshgan hissasi”, “Gʻarb etnosentrik yondashuviga qarshi qoʻllanilishi kerak boʻlgan vositalar” kabi mavzularda treninglar oʻtkazildi.

Juma kuni tushdan keyin bo'lib o'tgan sessiyalarda "Afrika-Turkiya munosabatlari davlat xizmati ommaviy axborot vositalari ko'zgusida: umumiy qarashlar va kelajak muammolari", "Rivojlanayotgan texnologiyalar va yangi media asrida jamoat eshittirishining kelajagi: Afrika va Turkiya davlat xizmati ommaviy axborot vositalari raqamli asrda dolzarb bo'lib qoladimi?" va "Global yangiliklar tasmalarining o'zgaruvchan qiyofasi: adolatli dunyo uchun afrikaliklar hikoyalarini umumiy nuqtai nazar bilan aytib berish" muhokama qilinadi.

Sammit “Afrikaliklar hikoyalarini yangi qarash bilan aytib berish” panellari bilan davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #TRT-Afrika , #TRT

Aloqador xabarlar