Misrda sfenksga o‘xshash haykal va ibodatxona qoldiqlari topildi

Misrning Kena provintsiyasidagi Dendera ibodatxonasidan sfenksga o‘xshash haykal va ibodatxona qoldiqlari topildi.

1957434
Misrda sfenksga o‘xshash haykal va ibodatxona qoldiqlari topildi

Misr janubidagi qadimiy ibodatxonada sfenksga o‘xshash haykal va ibodatxona qoldiqlari topildi.

Arxeologlar shu bilan birga, demotik va ieroglif yozuvlari bor Rim davriga oid bir tosh plitasini ham topdilar.

Qadimiy asarlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda qayd etilishicha, asarlar Kena provintsiyasidagi Dendera ibodatxonasidan topilgan.

Arxeologlarning fikricha, haykalning kulib turgan yuzi miloddan avvalgi 41-54 yillarda Rim hukmronligini Shimoliy Afrikagacha kengaytirgan Rim imperatori Klavdiyga tegishli bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda ushbu haykalning yaratuvchilari Rim imperatori Klavdiydan ilhomlangan bo‘lishi mumkin. 

Arxeologlar, “haykalning kimligi va hududi haqida ko‘proq ma’lumot bera olishi mumkin degan” fikrda tosh plitalardagi izlar ustida tadqiqot olib borishmoqchi.

Haykal Gizadagi 20 metr balandlikdagi Piramidalar majmuasidagi mashhur Sfenksdan ancha kichikroq.

Vazirlikning ta’kidlashicha, ohaktosh ibodatxonasi ikki qavatli platforma va Vizantiya davridagi loy g‘ishtli hovuzni o‘z ichiga oladi.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #sfenks , #ibodatxona qoldiqlari

Aloqador xabarlar