Kapadokiya o‘tgan yili 4 million nafardan ortiq sayyohga quchoq ochdi

Kapadokiya - Birlashgan Millatlarning Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkilotining (UNESCO) Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga turizm markazlaridan biri sifatida kiritilgan.

1931895
Kapadokiya o‘tgan yili 4 million nafardan ortiq sayyohga quchoq ochdi

Kapadokiyaga o‘tgan yili muzey va xarobalarni tomosha qilish uchun 4 million 192 ming 70 sayyoh keldi.

Nevshehir gubernatorligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra sayyohlar eng ko‘p Go‘reme ochiq havo muzeyiga tashrif buyurgan (1 million 63 ming 517 kishi). Ortidan Zelve xarobasi (995 ming 891 kishi) bilan Ho‘ji Bektash valiy muzeyi (736 ming 82 sayyoh) tomosha qilingan. Viloyat 2022-yilda 4 million 192 ming 70 sayyohga quchoq ochgan.

Kapadokiyadagi muzey va xarobalarni tomosha qilish uchun 2019-yili 3 million 834 ming 134, 2020-yili 992 ming 620, 2021-yili esa 2 million 285 ming 895 sayyoh kelgan.


Tanlangan kalimalar: #Kapadokiya , #ochiq havo muzeyi , #muzey

Aloqador xabarlar