Istanbuldagi "Fotih Sulton Mehmet" ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirdi

18 noyabr - O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingani 31 yilligi munosabati bilan Istanbul shahridagi Fotih Sulton Mehmet ko‘prigi mamlakat bayrog‘i ranglariga burkandi.

1908222
Istanbuldagi "Fotih Sulton Mehmet" ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirdi

 

Turkiyadagi Fotih Sulton Mehmet ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirdi.

18 noyabr - O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingani 31 yilligi munosabati bilan Istanbul shahridagi Fotih Sulton Mehmet ko‘prigi mamlakat bayrog‘i ranglariga burkandi.

Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun bayramona kayfiyat bag'ishladi.

Ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramay, vatandoshlar o‘z oilalari bilan ushbu onlarni bevosita guvohi bo‘lish uchun kelgani aytiladi.

"Fotih Sulton Mehmet" ko‘prigining mamlakat bayrog‘i tusiga kirishi jarayoni mahalliy OAV va faol vatandoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritildi.

 



Aloqador xabarlar