Bursada Rauf Parfi she’riyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Turkiyaning Bursa va Konya shaharlarida 15-Turkiy uluslar she’r bayrami dasturiga asosan Rauf Parfi she’r kechasi bo‘lib o‘tdi.

1903790
Bursada Rauf Parfi she’riyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

 

13-17 oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa va Konya shaharlarida 15-Turkiy uluslar she’r bayrami dasturiga asosan Rauf Parfi she’r kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan Turkiya Yozuvchilar birligi Faxriy raisi, taniqli yozuvchi Mehmet Dog‘an, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Rauf Parfi nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki turkiy xalqlar she’riyatining zabardast vakillaridan biri ekanini ta’kidlashdi.

Turkiy uluslar she’r bayrami 1992 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.  

Bu yilgi anjumanda o‘zbekistonlik ijodkorlar  – Xurshid Davron, Zebo Mirzo va Shuhrat Orif ishtirok etdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Rauf Parfi

Aloqador xabarlar