Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti daniyalik va amerikalik olimlarga berildi

Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi va Barri Sharpless, shuningdek, daniyalik Morten Meldalga molekulalarni yaratish vositalari ustida ishlagani uchun taqdim etildi.

1889084
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti daniyalik va amerikalik olimlarga berildi

 

Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi, daniyalik Morten Meldal va amerikalik Barri Sharplessga taqdim etildi. 

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasida o'tkazilgan matbuot anjumanida Karolin Bertotssi, daniyalik Morten Meldal va amerikalik Barri Sharpless "klik kimyosi va bioortogonal kimyoni rivojlantirish" yo'lidagi tadqiqoti uchun mukofotga loyiq deb topilgani ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, 2022 yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti molekulalarni yaratish vositalari uchun berilgan.

“Funksional molekulalar hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l bilan ham tuzilishi mumkin”, deydi Kimyo bo‘yicha Nobel qo‘mitasi raisi Yoxan Okvist.

Ta’kidlanishicha, Barri Sharpless va Morten Meldal molekulyar qurilish bloklari tez va samarali birlashadigan klik kimyosiga (Kichik elementlarni bir-biriga ulash orqali kimyoviy moddalarni tez va ishonchli ishlab chiqarish uchun moslashtirilgan kimyoviy reaksiyalar) asos solgan.

Kerolin Bertotssi esa klik kimyosini tirik organizmlarda qo‘llash orqali keyingi bosqichga olib chiqqan.

Natijada, bioortogonal reaksiyalar hozir butun dunyo bo‘ylab hujayralarni o‘rganish va saraton o‘smalariga qarshi dorilarni yo‘naltirish imkonini beradi.

Eslatma: 4 oktyabr kuni fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga berildi. 3 oktyabr kuni esa fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shved biologi Svante Peaboga taqdim etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #kimyo , #Nobel

Aloqador xabarlar