Opera san'atkori italyan Alessandro Safina Antaliyada konsert berdi

"Aspendos qaytadan tug'ildi" tadbirlari doirasida Antaliyada namoyish etilgan konsert dasturi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

1886164
Opera san'atkori italyan Alessandro Safina Antaliyada konsert berdi

 

Italiyalik opera san'atkori Alessandro Safina "Aspendos qaytadan tug'ildi" tadbirlari doirasida Antaliyada konsert berdi.

Aspendos antik teatrida Limak filarmonik orkestri jo'rligida o'tkazilgan konsertda 59 yoshli italiyalik san'atkor muxlislari bilan uchrashdi.

Safina 2 soat davom etgan konsert dasturida mashhur qo‘shiqlarini kuyladi.

Konsertdan so'ng ko'plab mahalliy va xorijiy musiqa ixlosmandlari Alessandro Safina va Limak filarmonik orkestrini olqishladi.

Konsert dasturi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.



Aloqador xabarlar